Vitor Roke “Barselona” safida ilk bor gol urdi.
18 yoshli hujumchi La Liga doirasidagi “Osasuna”ga qarshi o‘yinning 62-daqiqasida maydonga tushdi va 73 soniyadan so‘ng himoyachi Joau Kanseluning uzatmasini boshi bilan darvozaga yo‘lladi va hisob 1:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Braziliyalik futbolchi "Atletiko Paranaense"dan ko‘chib o‘tgandan so‘ng "blaugrana" uchun 6-o‘yinini o‘tkazdi. Bu uning birinchi samarali harakati bo‘ldi.