Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Qatar stadionlari haqida taassurotlar

Qatar stadionlari haqida taassurotlar

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining 1/4 finalida mezbon Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Bugun sizlarga Qatardagi stadionlar haqida qisqacha gapirib bermoqchiman. Men musobaqaning barcha 8 ta stadionida bo‘ldim (ochilish va final o‘tadigan "Lusayl" stadionidan tashqari).

Qayd etib o‘tish kerak, Jahon chempionatiga atab qurilgan stadionlarning aksariyati shahar markazidan tashqarida qurilgan. Albatta, ularga metro liniyasi tortilgan. Faqat, bugun bo‘ladigan uchrashuv final stadioni oldidagi "Lusayl" metrosidan qariyb 30 km narida Al-Xor shahridagi “Al-Bayt” stadionida bo‘lib o‘tadi. Metro stansiyasidan stadiongacha maxsus yo‘lak bilan to‘xtovsiz avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Tashkilotchilarga qoyil qolish kerak.

Qatardagi stadionlar haqida yozar ekanman, meni bir jihat hayratlantirdi. Stadionlar allaqachon bir sport musobaqasi o‘tkaziladigan joydan, madaniy hordiq o‘tkaziladigan maskanga aylanib bo‘lgan. Stadion yaqinida mollar (ko‘ngilchoar savdo markazlari) metro stansiyasi yoki katta jamoat transport tuguni bor. Bu maskanga faqat erkaklar semichka chaqish yoki so‘kinish uchun emas, oilalar — ayollari va farzandlari bilan kelishmoqda. Hattoki konservativ islomiy davlat hisoblanadigan Yaqin Sharqdagi mamlakatlar, jumladan, Saudiya Arabstonidan ham.

Ya’ni, stadion faqat futbol tomoshasi bilan cheklanmasligi, bu yer madaniy hordiq chiqaradigan maskanga aylanishi, konsertlar va turli qiziqarli tadbirlar ham o‘tadigan, atrofida istirohat bog‘i, savdo-ko‘ngilochar markazlar bilan uyg‘un tarzda qurilgan maskan bo‘lishi kerak ekan.

Buning uchun shahar markazidan ko‘ra shahardan chetroqdagi keng joylar tanlangani ma’qul ekan, degan fikrga keldim. Shahar markazida bunday sport ob’ektlari shaharning infrastrukturasiga salbiy ta’sir o‘tkazadi va ma’lum muddat harakat falajlanishiga olib keladi. Shovqinni aytmaysizmi?!

Albatta, o‘zimizda ham kelgusida qurilishi nazarda tutilgan bunday maskanlar shaharlarimiz chetida qurilishi, ular doim gavjum bo‘lishi uchun jamoat transporti tuguni, keng-mo‘l avtoturargohlar ham barpo etilishi lozim.

Shuhrat Shokirjonov.

Manba: @shokirjonov
Kiritildi: 12:31, 03.02.2024.
O'qildi: 2015 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.