Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Osiyo kubogi-2023. Yana o‘sha penaltilar seriyasidan musobaqani tark etdik

Osiyo kubogi-2023. Yana o‘sha penaltilar seriyasidan musobaqani tark etdik

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi chorak final bosqichidan o‘rin Qatar va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

Bahsni mezbonlar ancha faol boshlagan bo‘lsa, biznikilar ilk daqiqalarda himoyalanishga majbur bo‘ldi. Biroq 28-daqiqada Hasan al-Haydos o‘ng tomondan jarima maydonimizga kirib keldi va uzatma berdi. To‘p esa Ashurmatovning oyog‘iga tegib, darvozaning yaqin burchagi tomon yo‘l oldi. Yusupov esa zarbani qaytara olmadi. To‘pning qo‘liga tegib, to‘rga kirib ketdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston tashabbusni qo‘lga olib, raqibni o‘z jarima maydoniga qamay boshladi. Bu holat ikkinchi bo‘lim boshida ham davom etdi. Ikkinchi taym avvalida kamida 3 ta gol urish imkoniyatiga ega bo‘ldik, ammo zarbalarimizga aniq yetishmadi. Shunga qaramay, 59-daqiqada Hamrobekov qulay vaziyatga chiqdi va to‘pni olis burchakka joylab qo‘ydi.

Shundan keyin vakillarimiz tempini biroz pasaytirishdi. Ekstra-bo‘limlarda kichik ustunlik Qatar tomonida bo‘ldi. Bir vaziyatda to‘p to‘sinimizga tekkan bo‘lsa, yana bir vaziyatda Afifning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

Navbat penaltilar seriyasiga keldi. Terma jamoamiz seriya davomida 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Ammo shundan zarbani amalga oshirgan — Ashurmatov, Abdurahmatov va Masharipovning zarbasini darvozabon Barsham qaytardi. Yakuniy hisob — 3:2. Qatar — yarim finalda. O‘zbekiston esa ketma-ket ikkinchi Osiyo kubogini penaltilar seriyasidan so‘ng tark etmoqda.
 
Osiyo kubogi-2023. Chorak final
Qatar - O‘zbekiston - 1:1 (1:0). Penaltilar seriyasi — 3:2
Asosiy vaqt — 1:1. Qo‘shimcha bo‘limlar — 0:0
Gollar: O‘tkir Yusupov (28-avtogol) — Odil Hamrobekov (59)
Ogohlantirishlar: Meshaal Barsham (46), Xolid Munir (89), Almoyez Ali (90+1), Pedro Migel (105) — Otabek Shukurov (70), Srechko Katanes (79), Rustam Ashurmatov (90)
Qatar: Meshaal Barsham, Pedro Migel, Ali Al-Mahdiy, Muhammad Vaad (Sulton al-Brakiy 108), Salmon Toriq (Ismoil Muhammad 91), Hassan al-Haydos (Xolid Munir 54), Akram Afif, Lukas Mendes, Almoyez Ali, Ahmad Fathiy (Mustafo Meshaal 104), Jassim Jobir (Abdulaziz Hatim 81)
O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Abdulla Abdullayev, Umar Eshmurodov, Rustam Ashurmatov, Farruh Sayfiyev (Zafarmurod Abdurahmatov 99), Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Aziz Turg‘unboyev (Muhammadqodir Hamraliyev 106), Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov (Shahboz Umarov 74), Abbos Fayzullayev (Hojimat Erkinov 114)
Penaltilar seriyasi — 3:2
Otabek Shukurov (0:1) — Akrom Afif (1:1)
Rustam Ashurmatov (1:1, darvozabon) — Almoyez Ali (1:1, darvozabon)
Shahboz Umarov (1:2) — Ali Al-Mahdiy (1:2, noaniq)
Zafarmurod Abdurahmatov (1:2, darvozabon) — Sulton al-Brakiy (2:2)
Jaloliddin Masharipov (2:2, darvozabon) — Pedro Migel (3:2)

Bosh hakam: Kim Xi-Gon (Janubiy Koreya)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:35, 03.02.2024.
O'qildi: 4598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.