Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Osiyo kubogi-2023dan keyingi xulosalar

Osiyo kubogi-2023dan keyingi xulosalar

Baho:
+2 | -

Nimadir yozgim kelyapti-yu lekin miyaga tuzukroq fikr ham kelmayapti.

Yagona kelayotgan narsa bu,  doimgidak futbolchilarimizni ruhan sindirib qo‘ymaymasak bo‘ldi degan fikr. Bu narsa qo‘limizdan juda yaxshi keladi.

Qanchadan qancha futbolchilarimizni shunday qilib yo‘qotdik. Eskitdan qolgan sarqitdan voz kechish vaqti keldi.

"Biz arablardan doim kuchli bo‘lganmiz, ularni bemalol yutishimiz kerak" degan ertaklardan ham voz kechish kerak. Doim shunaqa deb yuradigan murabbiyimiz JCH saralashida eng yomon natijamizni qayt etib berdi oxirgi JCH saralashida. Uning ustiga biz amaldagi Osiyo  chempioniga qarshi uning maydonida o‘ynadik.

"Katanes ketishi kerak" degan gaplarga ham qo‘shilmayman.  Undan oldingi murabbiylarning  jamoalarini  eslang. Bittasi arablardan uchtalab yeb yurdi. Yana bittasi 11 kishi bo‘lib himoyalanidigan futbol o‘ynaydigan bo‘ldi.

To‘g‘ri, Katanes jamoasi ideal emas. Lekin¸ bu jamoada g‘alaba ruhiyati bor, yutqazishni xohlamaydigan xarakter bor. Jangovarlik ruhi bor. Taktika bor. Fikrlash bor. Shuncha yetakchilarning  jarohatiga qaramasdan shunday o‘yinlar ko‘rsatishganini o‘zi tahsinga loyiq.

O‘zimizdan ekspert yoqib olib "unday qilishimiz kerak edi, bunday qilishimiz kerak edi" deyishimiz mumkin. Lekin¸ o‘sha qilishimiz mumkin bo‘lgan ishlar ham ishlashi aniq emas edi.

Oddiy misol ko‘p murabbiylar penaltini mashq qilmaydi. Sababi jamoa ruhiyati o‘yinda shunga moslashadi va jamoa penaltiga oborish uchun o‘ynaydi. Shuning uchun ayrim murabbiylar mashq qilishmaydi.

Qolaversa, mashq boshqa, bosim ostida amalga oshirish boshqa. Mana,  Masharipov doim mashg‘ulotlardan so‘ng penalti tepishni mashq qilganini aytgan. Amalda esa o‘xshamadi.

Nima bo‘lganda ham, futbolchilarni kamsitadigan, ustidan kuladigan, haqorat qiladigan masxarabozlikni yig‘ishtirish kerak.

Hech qaysi futbolchi mag‘lub bo‘laman deb o‘ynamaydi. Futbolchilar sizlarni xursand qilish uchun, vatan sha’ni uchun harakat qilishdi. Deyarli 1 oyga yaqin ajoyib hissiyotlarni ulashishdi. Bu uchun ularga rahmat aytish kerak  va har xil haqoratlarga e’tibor bermasdan JCH yo‘lida harakatni davom etirishlarini tilab qolish kerak.

Ravshan Salimov.

Manba: @salimov_futbol
Kiritildi: 15:50, 04.02.2024.
O'qildi: 7622 marta.
Fikrlar: 112 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.