“Shtutgart” hujumchisi Deniz Undav tez orada Germaniya terma jamoasiga faoliyatidagi ilk chaqiruvini olishi kerak.
Bundestim bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann hujumchini mart oyida bo‘lib o‘tadigan Fransiya va Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun tarkibga qo‘shishiga allaqachon ishontirgan.
Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, Undav "Shtutgart" safida Angliyaning "Brayton" klubidan bir yillik ijara asosida o‘ynamoqda.