Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Hojimat Erkinov «Al-Vahda»dagi debyut o‘yinida golli uzatma berdi

Hojimat Erkinov «Al-Vahda»dagi debyut o‘yinida golli uzatma berdi

Baho:
+ | -

Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 13-turi doirasida «Al-Vahda» klubi o‘z uyida «Ash-SHarja»ni qabul qildi.

Bahsning 31-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Hojimat Erkinovning uzatmasidan keyin Nurullohiy to‘pni darvozaga joyladi.

Otabek Shukurovni sobiq jamoasi esa ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirdi. Mazkur hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

Erkinov bahs oxirigacha maydonda harakat qildi. Uning harakatlari 7,6 ballga baholandi.

Bugungi durang tufayli «Al-Vahda» o‘z ochkolarini 21 taga yetkazib, jadvalda 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 4-o‘rindagi «Sharja» hisobida 23 ochko bor.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:40, 13.02.2024.
O'qildi: 2474 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик