Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

OCHL. «Navbahor» yulduzli «Al-Ittihod» qarshi (prevyu)

OCHL. «Navbahor» yulduzli «Al-Ittihod» qarshi (prevyu)

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak finalida Namanganning “Navbahor” jamoasi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod“ jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 15 fevral sanasida Toshkent vaqti bilan 19:00 da Namanganning “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Saudiya Arabistonida mavsumning ikkinchi qismi allaqachon boshlangan. Jamoa 4 fevral sanasida Qirol Chempionlar Kubogi chorak final bahsida, uch kun o‘tib Saudiya Pro Ligasidan o‘rin olgan “At-Tai” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Saudiya klubi ikki uchrashuvda ham yirik hisobda g‘alaba qozondi. Jamoaning taqvimi juda ham tig‘iz va ular kelayotgan 15 kunda 5ta o‘yin o‘tkazishi zarur.

O‘zbekistonda mavsum hali boshlanmadi. “Navbahor” jamoasi mavsumning birinchi rasmiy o‘yinini Saudiya klubiga qarshi o‘tkazadi.

“Al-Ittihod” jamoasi guruh bahslarida ishonchli harakat qildi. Ular 6 o‘yinda 15 ochko to‘pladi. Ushbu o‘yinlarda saudiyaliklar 11 marta gol urdi va darvozasidan 4 marta to‘p olib chiqdi.  

“Navbahor” jamoasi "D" guruhi doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlarning 4 tasida g‘alaba qozondi. Bir uchrashuv durang bilan yakunlangan bo‘lsa, yana bir uchrashuvda namanganliklar mag‘lub bo‘ldi. Ushbu o‘yinlarda “Navbahor“ 11 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan, o‘z darvozasidan esa 6 bora to‘p olib chiqishga majbur bo‘lgan.

Ushbu uchrashuvdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Saudiya klubi bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoa raqibni yaxshi o‘rgangani, hamma ishni birinchi o‘yindayoq hal qilmoqchi ekanini aytib o‘tgan. Bosh murabbiy Benzemaning Namanganga tashrif buyurmaganiga ba’zi “texnik” sabablar mavjudligini aytib o‘tdi.

“Navbahor”ga qarshi Osiyo Chempionlar Ligasi bahsi uchun “Al-Ittihod” legionerlari Ngolo Kante, Fabinyo, Ahmad Hegazi, Abdurazzoq Hamdalla va Romarinyo O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Matbuot anjumanida qatnashgan “Al-Ittihod” hujumchisi “Navbahor” ga qarshi o‘yinda har qanday ob-havo sharoitida o‘ynashga tayyor ekanligini bildirdi.

“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida raqibning boy tarixga va Osiyoda o‘z o‘rniga ekanligiga alohida to‘xtaldi.

“Jahon darajasidagi o‘yinchilarning Namanganga tashrifi futbolimiz rivojlanishi uchun muhim faktor. Biz Neymar bor o‘yinda durang o‘ynadik, ushbu o‘yinga Benzema kelishini ham xohlagan edik. Ushbu bahsda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Qanday taktika tanlashimni ertaga bilasiz”, — dedi matbuot anjumanida ishtirok etgan Babayan.

“Navbahor” jamoasi mavsum oralig‘ida eronlik yarim himoyachi Siyovush Haqnazari, gruziyalik hujumchi Giorgi Nikabadze, darvozabon Aleksandr Lobanov, himoyachi Farruh Sayfiyev, yarim himoyachi Odilbek Hamrobekov, hujumchi Ruslanbek Jiyanov kabi tajribali o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Osiyo Chempionlar Ligasida nimchorak finali o‘yini doirasidagi uchrashuvdan bir hafta o‘tib, 22 fevral sanasida jamoalar javob uchrashuvini o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:51, 15.02.2024.
O'qildi: 1930 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.