Xose Venansio Lopes boshchiligidagi O‘zbekiston futzal terma jamoasi qishning so‘nggi kunlarida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi.
Vakillarimiz ushbu yig‘in doirasida qo‘shnilarimiz — Tojikiston futzalchilariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Poytaxtimiz mezbonlik qiladigan mazkur o‘yinlar 4-5 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.