“Barselona” himoyachisi Ronald Arauxo klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar Lionel Messini sog‘inayotganini tan oldi.
“Lionelga eng yaxshi tilaklarimni tilayman, u sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi. Messi maydonda ham, maydon tashqarisida ham farq qiladi. U o‘z o‘yin uslubini tatbiq etadi, yetakchi va boshqalarga o‘rnakdir. Men Lionelni juda sog‘indim", - deya Arauxodan iqtibos keltiradi Barca Universal.
Arauxo joriy mavsum Ispaniya chempionatida bitta gol urdi.