Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

Ro‘ziqul Berdiyev: «Afsuski, o‘yindagi ba’zi holatlar bizni mag‘lubiyatga olib keldi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Afsuski, o‘yindagi ba’zi holatlar bizni mag‘lubiyatga olib keldi»

Baho:
+ | -

OCHL-2023/24 Pley-off bosqichi javob uchrashuvidan o‘rin olgan «Al Ayn» — «Nasaf» uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— «Al Ayn» jamoasini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, o‘z yigitlarimga ham rahmat aytmoqchiman. Biz bugun kuchli raqibga qarshi kurashdik, o‘ynadik, g‘alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik. Afsuski, o‘yindagi ba’zi holatlar bizni mag‘lubiyatga olib keldi — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

— Jamoangiz Qarshida bo‘lib o‘tgan bellashuvda o‘z muxlislari oldida bosim ostida harakat qilganmidi? Chunki bugun «Nasaf» birinchi uchrashuvga qaraganda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Ikkinchi savol: Jamoa bu bosqichda musobaqani tark etishiga qanday qaraysiz?

— Qarshidagi uchrashuvda biroz bosim ostida harakat qilgandik ham bu mavsumdagi birinchi rasmiy bellashuv edi. Bu biz tajriba bo‘ldi. Bugun Qarshidagi o‘yinga qaraganda mazmunliroq futbol o‘ynadik. Jamoamiz uslubi o‘yindan-o‘yinga yaxshilanib boradi. Shuni aytishimi kerakki bugungi ko‘rsatgan o‘yinimiz bilan musobaqaning bu bosqichidan chiqib ketishimiz biz uchun alamli bo‘ldi. biz g‘alaba uchun maydonga chiqqan edik.

— Chempionlar ligasini tark etishingiz milliy chempionatdagi ishtirokingizga qanday ta’sir qiladi? Mag‘lubiyat motivasiya beradimi yoki aksincha jamoaning ruhini tushiradimi?

— Bugungi o‘yin haqida yigitlar bilan gaplashib oldik. Mag‘lubiyatni unutib bor e’tiborimizni keyingi bellashuvlarga qaratamiz. Bugun biz yaxshi o‘ynadik. Nimaga qodirligimizni ko‘rsatdik. Bu bizga keyinga o‘yinlarda motivasiya bera oladi.

«Nasaf» matbuot xizmati

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 06:22, 22.02.2024.
O'qildi: 2236 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.