Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Rasman: Dani Alves 4,5 yilga qamaldi

Rasman: Dani Alves 4,5 yilga qamaldi

Baho:
+-1 | -

Avvalroq Dani Alves suddan oldin Braziliyaga qochib ketmoqchi bo‘lgan haqida xabar berilgan edi. Bugun, 22 fevral kuni Alvesning zo‘rlash ishi bo‘yicha chiqarilgan hukm tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Sud “Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisini 2022 yil dekabr oyida Barselonadagi “Satton” tungi klubida qizni zo‘rlaganlikda aybli deb topib, qilgan jinoyati uchun 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Haqiqiy jazoning 4,5 yilidan tashqari, Alves yana 5 yil shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Dani jabrlanuvchiga 150 ming yevro to‘lashi va bundan tashqari barcha sud xarajatlarini qoplashi kerak bo‘ladi. Sobiq futbolchiga 9,5 yil davomida jabrlanuvchiga yaqinlashish taqiqlangan.

Sud jabrlanuvchining jinsiy aloqaga rozi bo‘lmagani va zo‘rlash alomati borligi isbotlanganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Dani Alves 1983 yilda tug‘ilgan. Faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazgan futbolchi jamoa bilan klub doirasidagi barcha mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Jumladan, 3 bora Chempionlar Ligasi g‘olibligi, UEFA superkubogi hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionligi aynan shu klub bilan qo‘lga kiritilgan.

Braziliyalik futbolchi UEFA suberkubogi g‘olibligini  4 bora qo‘lga kiritgan va bu borada Maldini bilan eng yaxshi natijani ko‘rsatib turibdi.

Alves turli klublarda Italiya va Fransiya chempionatlari g‘olibligini ham nishonlagan.

Terma jamoa safida futbolchi Yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempioni, 2 bora Amerika kubogi va shuncha bor Konfederasiya kubogi g‘olibi bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:11, 22.02.2024.
O'qildi: 3566 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик