Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Sabr qilganga tole yor

Sabr qilganga tole yor

Baho:
+ | -

Qaysidir ma’noda Lionel Messi allaqachon shunchaki, oddiy fuqaro maqomidan pul topish bo‘yicha yirik sanoat majmuasi darajasiga ko‘tarilgan.

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, argentinalik daho har yili birgina reklamaning o‘zidan 65 mln. dollar ishlab oladi. AQSHda «Inter Mayami» Leoga 12 millionlik ish haqidan tashqari 20,4 mln. badal puli beradi. Bundan tashqari, afsonaning ummon ortiga yo‘l olishiga sababchi bo‘lgan Apple va Adidas kompaniyalaridan 50-60 mln. tushum keladi.

Messi nafaqat to‘p tepishni, balki o‘ziga tegishli vositalarni pulga chaqishni ham o‘rniga qo‘ymoqda. O‘tgan yil dekabrida u Qatar mundialida kiygan 6ta futbolkasini auksion orqali 7,8 mln. dollarga pullagandi. Endi u 13 yoshli paytida «Barselona» bilan imzolagan ilk shartnoma - salfetkani (!) pullash niyatida. Shu ketishda Leo tez orada o‘zining «kumiri» bo‘lgan Diyego Maradonaning maykasi sotuvida o‘rnatilgan rekordni yangilashi aniq.

Stiv Xoj Angliya jarima maydonchasi ustida «sham» yoqqan, Maradona qo‘l bilan gol urgandi

Muxlislar JCHlarini nafaqat yuksak saviyadagi turnir bo‘lganligi uchun sevadilar - unda yuz bergan voqealar uzoq vaqtgacha unutilmaydi, ayrimlari nodir san’at asarlari yaratilishiga sabab bo‘ladi. 2022 yilda FIFA taqdim etgan «JCH»laridagi 100ta buyuk lahza» to‘plamida Diyegoning JCH-1986da Angliya darvozasiga urgan goli 9-o‘rindan joy olgandi. Ma’lumki, o‘sha chorak final bahsida argentinalik daho 2ta gol urgandi - birinchisini qo‘l bilan (lavhani ko‘rmay qolgan bosh hakam va laynsmen FIFA tasarrufidagi barcha musobaqalardan chetlatilgan), ikkinchisini esa maydon markazidan uyushtirgan reyddan keyin. «Ehtimol, bu muallifning qo‘li bilan amalga oshirilgan futbol tarixidagi eng nafis firibgarlikdir», - degandi angliyalik himoyachi Terri Butcher alam bilan.

Mazkur voqea futbol folkloriga «Ilohiy qo‘l» nomi bilan kirdi. Maradona o‘yindan keyingi matbuot anjumanida hazil aralash shunday degandi: «To‘p qisman Yaratganning qo‘li va qisman mening boshim bilan urildi».

Angliya terma jamoasining yarim himoyachisi Stiv Xoj o‘sha mashhur golning «assistenti» desak, mubolag‘a bo‘lmaydi - aynan shu futbolchining to‘p bilan muomala qilishdagi xatosi Piter Shilton darvozasi oldida tufayli xavfli vaziyat yuzaga kelgan, u yog‘i argentinalik 10-raqamning mahorati (aniqrog‘i, qo‘li)ning mahsuli edi. O‘yindan keyin Xoj Diyegoning futbolkasi u uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘lishi mumkinligini o‘ylagan va maydon chetida jurnalistlar qurshovida qolgan Maradonani kutib turgandi. «Jamoadoshi bilan yer osti yo‘liga yaqinlashgan Diyegoni futbolkasidan tortdim. U bir jilmayib qo‘ydi, lekin libos almashish taklifimni rad etmadi. Bu chinakam omad edi», - deb yozgandi Xoj o‘zining «Maradona futbolkasidagi kimsa» nomli avtobiografik asarida. Britaniyalik futbolchi kiyinish xonasiga qaytganida, jamoadoshlari qo‘l bilan urilgan golni qayta-qayta ko‘rib chiqishayotgan, yovuz daho sha’niga la’natlar yog‘dirishardi. Buni ko‘rgan Stiv Diyegoning futbolkasini trusigi ichiga yashirib oldi.

Maradonaning vafotiga qadar Xoj futbolkani sovg‘a qilish yoki sotishni so‘raganlarga rad javobini berib yurdi

Keyinchalik u o‘z xonasida yolg‘iz qolganida, futbolka holatini tekshirib, hayratdan qotib qolgandi - beo‘xshov bichim, sifatsiz mato, uzilib tushishga shay turgan emblema. Ma’lum bo‘lishicha, Maradona Argentina terma jamoasi uchun turnirga tayyorlangan futbolkalar Meksikadagi jazirama issiqqa mos kelmasligi uchun tanqid qilgan, texnik xodimlar Mexikodagi do‘konlarning biridan odatiy moviy rang futbolkalarni xarid qilishgan. Liboslar avvaldan raqamlab qo‘yilgandi, lekin logotipni qo‘l bilan tikishga to‘g‘ri kelgandi.

Uyga qaytgach, «Tottenxem»ning sobiq futbolchisi boshqa yodgorlik buyumlari qatorida Maradonaning futbolkasini ham bir qutiga joylab, cherdakka yashirib qo‘ydi. Tabarruk yodgorlikni ilk marta 2006 yilda, unga Argentina FFdan qo‘ng‘iroq qilishganida esladi. Ular daho kiygan futbolkalar muzeyini tashkil etishga qaror qilishgan va Xojdan futbolkani sovg‘a qilish yoki sotishni so‘rashgandi. Ayni shu pallada Stivning ko‘nglidan bir fikr o‘tdi. U futbolka uning o‘zi uchun ham xotira yodgorligi ekanligi va hech qanday mablag‘ evaziga uni sotmasligini aytdi. Shundan keyin libosni cherdakdan olib, o‘z xonasiga ilib qo‘ydi. 

Argentinaliklarning Xojga qilgan murojaatlari, Germaniya terma jamoasining sobiq sardori ularga Maradonaning JCH-86dagi futbolkasini hadya etganligi ibrat sifatida aytishgani ham samara bermadi. Stiv iltimoslarni qabul qilmadi: «Internetda futbolkani 1 mln. funtga sotish rejasi xususidagi xabarlarga ko‘zim tushdi. Ularni hurmatsizlik, deb hisoblayman - futbolka sotilmaydi, tamom,vassalom. Uni bir necha o‘n yillardan beri asrab-avaylab keldim».

Balki britaniyalik sobiq futbolchiga qirol Pelening futbolkasi 2004 yilda auksionda 157 700 funtga sotilgani ta’sir qilgandir. Braziliyalik afsona JCH-1970 finalida aynan shu libosda to‘p surgan va Shvesiya darvozasiga 2ta gol urgandi. Balki Xoj Maradonaning futbolkasini bir necha baravar qimmatroqqa pullash niyatidadir. Yodgorlikka jamoatchilik e’tiborini jalb etish maqsadida Stiv futbolkani Angliyadagi Milliy futbol muzeyiga ijaraga bergandi.

Maradona oilasida futbolkaning asl nusxa ekanligiga shubha tug‘ildi

2020 yildagi Maradonaning kutilmagan vafotidan keyin voqealar rivoji jadallashdi - futbolkaning bahsi ko‘tarilib ketdi va Stiv uni sotish fursati kelganiga amin bo‘ldi. «Maradonaning futbolkasini 35 yildan beri asrab kelyapman. U futbol olami, Argentina va Angliya uchun muhim o‘rin tutadi. Ishonchim komilki, uni xarid qilgan shaxs dunyodagi eng mashhur futbolkaning sohibi bo‘lganligi bilan faxrlanib yuradi», - dedi Xoj yodgorlikni auksionga topshirganidan keyin.

Shundan keyin marhum Maradonaning oila a’zolari Xojga qarshi kurash boshladilar. Jumladan, Degoning to‘ng‘ich qizi Dalma auksiondagi futbolka otasining Angliyaga gol urganidagi futbolkasi emasligini bayon etdi: «Asl futbolka kimda ekanligini bilaman, lekin uni hech qachon oshkor etmayman. Dadam 1-taymda bitta futbolkada o‘ynagan, tanaffus paytida esa jazirama issiq tufayli boshqa futbolkaga almashtirgan. Tiriklik paytida u menga shunday degandi: «Xoj 1-taymdagi libosimni olgan. Butun hayotimning mazmuni bo‘lgan futbolkani hech kimga bermayman».

Shu tariqa o‘ta jiddiy mojaro yuzaga kelgach, auksion rahbariyati masalaga oydinlik kiritish uchun xolis kompaniyaga murojaat qildi. «Darhaqiqat, Maradona 1-taymda boshqa futbolkada o‘ynagan, tanaffusdan keyin boshqa libosda maydonga tushgan. Ular o‘rtasida muayyan farq bor. Olib borilgan ilmiy tekshiruvlar natijasida janob Xoj olib kelgan futbolkada Maradona o‘sha o‘yinda dubl qayd etganligini tasdiqladi», - dedi auksionning jamoatchilik bo‘limi direktorining o‘rinbosari Melika Xansari.

2022 yil aprelida bo‘lib o‘tgan auksion savdosida Maradonaning futbolkasi juda xaridorgir bo‘ldi. 5 mln. dollar miqdoridagi dastlabki baho qariyb ikki baravarga qimmatlashib, 9,28 millionga sotildi. Uni 35 yil asrab-avaylagan Stiv Xoj munosib taqdirlandi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 26.02.2024.
O'qildi: 2091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.