O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev "Bavariya"ning qiziqishlariga javob qaytardi.
“Haqiqatan ham qiziqish bormi? Ha, bilishimcha, ProSports Management agentligim bilan ma’lum aloqalar o‘rnatgan.
"Albatta, "Bavariya" - yaxshi variant", - deya futbolchining so‘zlarini keltirgan "Chempionat" o‘z sahifalarida.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev so‘nggi Osiyo Kubogining eng yaxshi yosh futbolchilari qatorida e’tirof etilgandi.