Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Rossiyalik bokschi Kurbanov — Madrimov jangida Isroil favorit ekanini aytdi

Rossiyalik bokschi Kurbanov — Madrimov jangida Isroil favorit ekanini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, 8 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida katta prof boks oqshomi o‘tkaziladi.

Kechaning anderkard jangida hamyurtimiz Isroil Madrimov rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi vakant bo‘lib turgan WBA kamari uchun ringga ko‘tariladi. Ayni paytda Avstraliyada mashg‘ulot o‘tkazayotgan va birinchi o‘rta vazn toifasida jang qiluvchi rossiyalik bokschi Sergey Vorobyev ushbu to‘qnashuv haqida o‘z fikrini bildirdi.

"To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, ushbu jangda Isroil Madrimovning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Nimaga? Chunki Maga asosiy janglarini Rossiyada o‘tkazgan. Aynan shu holat bo‘lajak jangda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Madrimovning havaskor boksdagi tajribasi ham Magomednikidan ancha yaxshi va boy. Isroil AQSHda juda ko‘p jang o‘tkazdi. O‘sha yerda yashab, mashg‘ulotlarni ham okean ortida o‘tkazadi. Sparringlari ham tizimli tarzda tashkil etiladi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha u tajribali bokschi. Maga vatandan tashqarida o‘tadigan jangida o‘zini qanday his qilishini ham bilmayman. Har qanday holatda ham bu qiziqarli jang bo‘ladi. Bunday imkoniyat hamma bokschiga ham berilavermaydi. Chempionlik kamari uchun jang qilish hammaga ham emas. Fikrimni umumiy qiladigan bo‘lsam, 8 mart kungi jangda Madrimovda g‘alaba uchun imkoniyatlar yuqori", — dedi Vorobyev.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonidagi boks oqshomining markaziy jangida Entoni Joshua sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuga qarshi ringga ko‘tariladi.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 11:05, 01.03.2024.
O'qildi: 939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.