"Inter" himoyachisi Federiko Dimarko Lautaro haqida gapirdi.
"Biz dunyodagi eng kuchli hujumchilardan biri haqida gapiryapmiz, uning jamoadagi ahamiyatini bilamiz, Lautaro bizning sardorimiz va u oxirigacha shunday davom etadi deb umid qilamiz", – dedi Dimarko.
Eslatib o‘tamiz, Lautaro Italiya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan “Atalanta” bilan qoldirilgan o‘yinda gol urgandi. U A Seriyaning 24 o‘yinida 23-golini urdi.