Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Osiyo futboli: Qoyilmaqom yuksalish

Osiyo futboli: Qoyilmaqom yuksalish

Baho:
+ | -

Osiyo futboli «shok» holatida: qit’ada o‘rtamiyona jamoalar qatorida boruvchi Iordaniya termasi Qatarda o‘tkazilgan OK-2023 turnirini 2-o‘rinda yakunladi - kumush medal.

Vaholanki, marokashlik murabbiy Husayn Ammuta jamoadagi ishini 4ta mag‘lubiyat bilan bemajol boshlagandi. Keyin birdan qo­yilmaqom o‘sish-yuksalish boshlanib ketdi. Natijada iordaniyaliklar yakunda o‘z tarixlarida ilk marta Osiyo chempionati final o‘yinida ishtirok etishdi. 

Iordaniya milliy jamoasi Osiyo kubogida chindan ham, mo‘’jizaviy o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa, iordaniyaliklarning turnir yarim finalida qudratli tarkibga ega Janubiy Koreya termasi oldiga to‘siq qo‘yishgani xotiralarga muhrlandi. Arablar hal qiluvchi bahs yo‘lida juftlikning yaqqol favoriti sanalgan koreyslarga ko‘z ochish imkonini berishmadi va 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani rasmiylashtirishdi. Final natijasi (3ta penalti va 1:3) boshqa masala, bu Iordaniya termasining turnirdagi yorqin ishtirokiga soya solmasligi kerak. Demak, quyida sports.ru sayti ma’lumotlari asosida OK-2023 qahramonlari haqida biroz to‘xtalamiz.

*** 

Iordaniya termasining transfer qiymati bo‘yicha eng qimmatbaho futbolchisi - Liga 1- (Fransiya)da o‘ynaydi. Bu - «Monpelye» yarim himoyachisi Muso al Tammariy. Qit’a chempionatidan oldin uning transferi 6 mln. yevroga baholanayotgan edi. J.Koreya termasiga qarshi kechgan yarim finalning asosiy yulduzi aqlni shoshirib qo‘yadigan tezligi bilan e’tiborga tushdi. Xavbekning final chiptasidagi ulushi - gol va assist. «Monpelye» vakili guruh bosqichida Malayziya termasi darvozasini 2 marta nishonga olib, 4:0 hisobiga katta hissa qo‘shgandi. Muso al Tammariy hozir 26 yoshda. Hujumkor futbolchi Iordaniya milliy chempionatidagi qisqa yurishdan keyin yevrofutbolga APOEL orqali bosh suqdi. Asosiysi, arab yigiti bu klub safida Kipr chempioniga aylandi. 2020 yili esa «Aud-Xeverle Leven» jamoasi safiga qo‘shilgan Muso Belgiyada ham chakki taassurot qoldirmadi va «Mon-pelye»ga ko‘tarildi. Uning Osiyo chempionati startiga qadar Liga 1da qayd etgan natijasi ham yomon emasdi: 16ta o‘yinda 3ta gol va 1ta assist. 

Transfermarkt portali talqini bo‘yicha aytsak, Muso al Tammariy Iordaniya milliy jamoasida transfer summasi bilan ham yaqqol ajralib turadi. Diqqat qiling, Fransiya chempionatida toblanayotgan arabning yorlig‘i 6 million yevroga baholanayotgan bo‘lsa, boshqa biror futbolchining bahosi 600 mingdan baland emasdi. «Al Tammariyni bitta fakt bilan ta’riflash mumkin - u Liga 1-2023|2024da eng yuqori tezlik qayd etgan futbolchidir (36,31 km.|soat). Hammasi shu. Hech qanday sehrli uzatma yoki ajoyib zarba yo‘q, bo‘sh hududni ilg‘ash yoki himoyalanish ko‘nikmasi ham yo‘q. Tammariy shunchaki, zo‘r yuguradi, yana kuchli va tezkor driblingi ham bor», - deya iordaniyalik yulduzga ta’rif bergandi sports.ru sayti jurnalisti Artyom Denisov o‘z kuzatuvlari asosida. Lekin Osiyo kubogi-2023 ko‘rsatdiki, Muso boshqa sifatlardan ham bebahra qolmagan, jumladan, yetakchilik xususiyatidan. Har holda, qit’a birinchiligida iordaniyaliklar orasida birgina hujumchi Yazan al Naymat Liga 1 vakilidan kuchliroq ko‘rindi. Transfer bahosi bo‘yicha Iordaniya termasida 2-o‘rinda turuvchi hujumchi 6ta o‘yin­da «Gol+pas» tizimi bo‘yicha 6 ball ishladi: 4ta gol va 2ta assist. Jumladan, J.Koreya termasi darvozasiga urilgan 1-golga aynan shu hujumchi mualliflik qildi. Qolaversa, al Naymat iroqliklar bilan bahsda ham o‘zini ko‘rsatdi: Eslasangiz, iordaniyaliklar 90+5-daqiqagacha hisobda ortda borishdi va yakunda nimchorak final bahsini qo‘shimcha bo‘limlarga cho‘zib, g‘alaba qozonish yo‘lini topishdi. 24 yoshli Yazan Qatarning «Al-Ahli» klubi vakili hisoblanadi. E’tiborlisi, u bu jamoaning 43ta o‘yinida 14ta gol va 15ta samarali uzatma to‘plashga ulgurgan.

***

Umuman, Iordaniya milliy jamoasi OK-2023ning asosiy «syurpriz» ishtirokchisi bo‘ldi. Deylik, turnirdagi eng chiroyli gollardan biri Mahmud al Mardiy tomonidan Malayziya termasi darvozasiga urildi. Aytish joiz, iordaniyaliklar guruhda ham koreyslar bilan to‘qnashishgan va 90+1-daqiqadagina qo‘yib yuborilgan gol tufayli g‘alabani durang (2:2)ga almashtirishgandi. Iroq termasiga qarshi o‘yinda esa Husayn Ammuta jamoasi tartib-intizom, ishonch va taktik jihatdan raqibdan qiziqarliroq ko‘rindi. Iordaniya termasi gollari - sof estetika. Har holda, Ammuta shogirdlari OK-2023ga chiroyli gollar vositasida ham zeb berishdi! Sanoqsiz uzatmalar, qanotdan oshirmalar yoki behuda zarbalar yo‘q. Iordaniyaliklar shunchaki, tovon bilan o‘ynash orqali noreal trayektoriya bo‘ylab hujumga o‘tishlarini isbotlab qo‘yishdi. J.Koreya termasiga qarshi birinchi o‘yinda esa havoda uchib ketayotgan to‘p yo‘nalishini darvozaga qanday burib yuborish mumkinligini ko‘rsatib qo‘yishdi. OK-2023 bosh kashfiyo­tining yana bir ustun jihati - quyuq pressing. Koreyslar uncha-munchaga aldanmaydilar, ammo tajribali yarim himoyachi Park Yon Vu raqibi Muso al Tammariy ta’qibi ta’sirida nima qilishini bilmay qoldi, yakunda Yazan al Naymat chiroyli uzatmani qadriga yetib, to‘pni nozik harakat bilan darvozabon ustidan tashlab qo‘ydi. Yana bir go‘zal gol. 

*** 

E’tiborli tomoni, Iordaniya termasi bunga qadar Osiyo kubogi 1|4 finalidan nariga o‘tgan emasdi. Boz ustiga, marokashlik murabbiy Husayn Ammutaning ishi ancha ko‘ngilsiz boshlangan edi. Tushunarliki, iordaniyaliklar biror marta jahon chempionatiga chiqishmagan. Ular uchun 2004 va 2011 yillardagi Osiyo kubogi chorak finali eng yaxshi natija edi. Oddiy taqqoslash: Iordaniya termasi OK-2023ga FIFA reytingida atigi 87-o‘rinda borayotgan jamoa sifatida kirishgan bo‘lsa, koreyslar jahon ro‘yxatining 23-qatorida edilar. Yana bir kuchli fakt: transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Iordaniya milliy jamoasining butun tarkibi (13,65 million yevro) birgina Son Xyun Min (50 million)dan deyarli 4 baravar arzon edi.

*** 

Iordaniya mo‘’jizaning asosiy ijodkorlaridan biri marokashlik murabbiy Husayn Ammuta, albatta. Uning avtobiografiyasida Marokash termasi bilan JCH-2022ni «portlatgan» Volid Regragiga tutash nuqtalar bor. Deylik, har ikki mutaxassis «Vidad» klubi boshqaruvida Marokash chempionati va Afrika Chempionlar Ligasida g‘alaba nashidasini surgan. Ammuta yana yaxshigina futbolchi sifatida ham tanilgan. Jumladan, bir necha yil Yaqin Sharqda muvaffaqiyatli to‘p surgan. Ayniqsa, «Al-Sadd»dagi faoliyati ko‘proq eslanadi. Zero, Ammuta 2000 yili bu klubda Qatar chempioniga aylangan. Qolaversa, Husayn 1992 yili Barselona yozgi Olimpiadasida Marokash termasi tarkibida o‘ynagandi. 2003 yili esa Ammutaning murabbiylik faoliyati boshlandi. U keyingi 20 yil davomida Qatar va Marokashda imkoni bor barcha ichki turnirlarda zafar quchdi. Aniqrog‘i, avvaliga «Al-Sadd»da 3 yil ishlab, sovrinlar terdi, keyin bu ishini «Vidad»da davom ettirdi. 

2023 yilning yozida Iordaniya termasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan marokashlik mutaxassis yangi ishining start qismida qo‘rqinchli holatga tushib qoldi. Raqamlarda keltirsak, Ammuta hozirga qadar iordaniyaliklarni jami 16ta o‘yinda maydonga boshlab tushdi. Shundan dastlabki 4tasida jamoa umumiy - 4:13 hisobida yengilgandi. Shunga qaramay, Iordaniya futboli rahbariyati marokashlikka ishondi va mana, uning jamoasi tarixga kirdi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 54 yoshli mutaxassis iordaniyaliklar bilan xayrlashishni ma’lum qilishga ham ulgurdi...

Iordaniya termasining yarim finaldagi g‘alabasi aslo tasodif emas. Oddiy misol, J.Koreya termasi butun o‘yin davomida biror marta aniq zarba yo‘llay olmadi (7ta urinishning barchasi xato). Koreyslarda ehtimoliy gol ko‘rsatkichi atigi 0,7 xGga teng bo‘ldi. Kamtarin Iordaniya termasi esa raqib darvozasini 17 marta nishonga oldi va 7ta zarba aniq chiqdi. xG ko‘rsatkichi esa 1,8ni tashkil etdi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:59, 04.03.2024.
O'qildi: 1968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.