Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Jamol Musiala Chempionlar ligasida yangi rekord o‘rnatdi.
"Bavariya"ning "Lasio"ga qarshi so‘nggi o‘yini 21 yoshli futbolchining Chempionlar ligasidagi 30-o‘yini bo‘ldi.
Shu tariqa Musiala Yevropaning eng nufuzli klublar turnirida bu ko‘rsatkichga erishgan eng yosh nemis futbolchisiga aylandi.