Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qordan qochib, do‘lga yo‘liqqanlar

Qordan qochib, do‘lga yo‘liqqanlar

Baho:
+ | -

Kamerunlik hujumchi Vensan Abubakar avval Saudiya Arabistonida o‘ynardi.

Biroq Ronaldu uchun nomdor yulduzlarni xarid qilish maqsadida «Al-Nasr» undan voz kechdi va Abubakar yana «Beshiktosh»ga yo‘l oldi. Faxriy futbolchi o‘tgan mavsumda 13ta gol urish bilan Istanbul klubining yevrokubok turniriga chiqishiga yordam berdi. Ha, «Portu»ning sobiq a’zosi avvalgidek, sermahsul bo‘lmasada, lekin jamoadan chetlatadigan darajada yaroqsiz emasdi. 32 yoshli hujumchini «Spartak» tavsiya etishgani natija bermagach, turk klubi rahbariyatiga itoat etish va yangi bosh murabbiyga aylangan Yevropa chempioni Santushni ishontirishdan o‘zga yo‘l qolmadi.

«Beshiktosh»da Abubakarni 4 nafar futbolchilar bilan birgalikda chetlatishdi. Buning rasmiy sababi - «saviyasiz o‘yin va jamoaga mos kelmaganlik». Biroq Vensanni o‘ta kelishmagan ayblov - simulyasiya ishlatgani uchun chetlatishdi. Aslida, u sochlarini o‘stirish maqsadida muolaja olgan va bosh bilan o‘ynashga qo‘rqib qolgandi. Turkiya keyingi paytlarda sochlari to‘kila boshlagan kishilarning ziyoratgohiga aylanib qoldi. U yerda anchayin katta, lekin nisbatan arzonroq bahoda sochni qayta o‘stirish muolajasini olish mumkin. Runi, Giggz, Eriksen va Berbatov kabi afsonalar jarrohlar ko‘magida jingalak sochlarini saqlab qolishgandi. Klopp va Kontega zamonaviy texnologiyalar naf bergan bo‘lsa, Shirokov va Sluskiy jarrohlik amaliyoti tufayli sochlaridan judo bo‘lishmagan. 

Millioner Abubakar ham barvaqt kal bo‘lib qolishni istamadi. Tibbiy tekshiruv chog‘ida bir necha marta to‘pga boshi bilan zarba yo‘llaganidan keyin, shifokorlar unga 2-qavatda o‘ynashni taqiqlab qo‘yishdi. Vaholanki, bu bo‘ydor hujumchining asosiy quroli edi. Eng bema’ni qilig‘i - Kamerun terma jamoasi mutasaddilarini yolg‘on bahona bilan aldagani. U rahbariyatga rafiqasi bemor bo‘lib qolganligini ro‘kach qilib, o‘zi jarrohlik muolajasini olgandi.

Ajabtovur voqea. Tajribali hujumchi soch o‘stirish muolajasini o‘tgan yil yozida olishi, buning uchun klub va terma jamoa rahbarlaridan 2 haftaga ruxsat olishi mumkin edi. U esa davolanishni Istanbulda emas, Parijda o‘tkazishni afzal ko‘rib, keragidan ortiq vaqti va mablag‘ini borish-kelish parvozlariga sarf­ladi. Keyin hech qanday muolaja bo‘lmagani, uni asossiz haydab yuborishayotganini e’tirof etdi. Gaplari rost ekanligiga ishonish qiyin, lekin yaqinda «Beshiktosh» safida maydonga tushdi va 9 daqiqa to‘p surdi.

Sevgi tufayli quvg‘indi bo‘lgan tarbiyalanuvchi

Yaqinda navbatdagi ajabtovur hodisa ro‘y berdi. Abubakar bilan Bayya, Onana, Gezzal va Rozye ham jamoani tark etishgan bo‘lsa, endi bosslarga o‘rinbosarlar jamoasidagi 21 yoshli Emirxan Delibash ortiqcha bo‘lib qoldi. Yosh iqtidor KL va Turkiya chempionatida bir martadan maydonga tushgan, sanoqli daqiqalarda to‘p surgandi. Biroq Emirxon klub tarbiyalanuvchisi, uni haydab yuborish har qanday kishini ajablantiradi. Chunki uning aybi - tanishuvlar sayti orqali o‘ziga qallig‘ izlagani. Sayyoramizdagi milliardlab kishilar, millionlab turkiyaliklar shunga o‘xshash servislar ko‘magida o‘z juftlarini topib olishmoqda. To‘g‘ri, kattaroq yoshdagi qizlarni qiziqtirish maqsadida Emirxon o‘z yoshini 24da, deb ko‘rsatgan. Mana shu uning yagona aybi. Nima, balog‘atga yetgan yigitning qallig‘ izlashi gunohmi?

Azaldan har qanday voqea-hodisaning muayyan ijrochisi bo‘ladi. «Beshiktosh»dagi tartibsizliklarning asosiy sababchisi Hasan Arat. U - o‘tgan yil dekabrida taniqli klubning prezidentlik lavozimini egallagan turkiyalik biznesmen. Hozirda 64ga chiqqan funksioner yoshlik davrida professional basketbolchi bo‘lgan. Nahotki, uning tanish,bilishlari orasida sochlarini parvarish qilish yoki ayollar bilan uchrashishni, o‘ziga mos juft topishni istaganlar yo‘q bo‘lsa? Delibashning chetlatilishini umuman, tushunishning iloji yo‘q. Muxlislar esa allaqachon Emirxonning pasporti qalbaki, u kattaroq yoshda, degan uydirmani o‘ylab topishdi. Endi futbolchi o‘ziga yangi jamoa izlashda muammolarga duch kelishi aniq.

Turk klublari yovvoyi korchalonlar izmida

Turkiya futbol jamoalaridagi direktorlar va sohiblarning adekvat emasliklari barchaga yaxshi ma’lum. Ayniqsa, joriy mavsumdagi voqea­dan keyin. Klublardan birining prezidenti uchrashuv hakamini do‘pposlagani katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Referini yiqitib, oyoqlar bilan rosa tepishdi. Keyin Turkiya prezidenti Rajab Erdog‘an shifoxonaga olib ketilgan hakamning holidan xabar olgani bordi. Qizig‘i shundaki, jamoatchilikning ko‘z o‘ngida hakamni ayovsiz tepkilagan shaxs Erdog‘anning partiya­dosh do‘sti ekanligi ma’lum bo‘ldi. 

Endi rahbariyatning ajabtovur qarorlari tufayli ko‘z ko‘rib,quloq eshitmagan voqealar ijodkoriga aylangan «Beshiktosh» jahon OAVning birinchi sahifasidan joy oldi. Bir yo‘la 6 nafar futbolchining quvg‘indi bo‘lganini eshitganmisiz? Sabablari esa bir,biridan ajoyib. Buning ustiga, klub sohibi qizishib ketgan chog‘ida noo‘rin qarorga keladi, keyinchalik sovigach, muzokaraga kirishadi. Abubakar va Gezzal jamoaga qaytishdi. Onana va Rozyeni ijaraga berib yuborishdi. Faqat «MYU»ning sobiq himoyachisi Bayya erkin agent maqomida jamoani tark etdi va yana «Vilyarreal»ga qaytdi.

Hikoyamiz so‘ngida ko‘pchilikka tanish shaxslarga to‘xtalib o‘tamiz. «Beshiktosh» RPLga ancha yaqin klub. Hozir uning tarkibida SSKAning sobiq futbolchisi Zaynutdinov to‘p surmoqda. Shuningdek, turkiyaliklar murabbiy Cherchesovga qiziqish bildirishgan, «Lokomotiv» o‘yinchisi Anton Miranchuk bilan esa muzokaralar olib borishdi. Aftidan, murabbiy va yarim himoyachi Zaynutdinov yo‘lini takrorlash niyatida emaslar. Chunki Istanbul «burgutlari» o‘ta murakkab davrni boshdan kechirmoqda.

Ekstravagant qarorlar davom etmoqda

Yaqinda «Beshiktosh» murabbiy Gyuneshni iste’foga chiqardi. Keyin Yilmaz va klub afsonasi Chalimbay bilan xayrlashdi. qizig‘i, Santush jamoaning mavsumdagi to‘rtinchi murabbiyi bo‘ldi. Qiziq, portugaliyalik mutaxassisni qay yo‘sinda chiqish eshiklari ko‘rsatisharkin? Balki uni «Beshiktosh» inqiroziga sababchi bo‘lgan gresiyalik agent sifatida ayblashar. Axir u yunonlar yurtida uzoq muddat ishlaganda.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:25, 07.03.2024.
O'qildi: 1941 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.