Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

APL. «Arsenal» irodali g‘alabaga erishdi (videosharh)

APL. «Arsenal» irodali g‘alabaga erishdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 28-turi doirasida «Arsenal» o‘z uyida «Brentford»ni qabul qilib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida Deklan Rays hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi taymga qo‘shib berilgan 4-daqiqada mehmonlar himoyachisi Yoan Viss darvozabonning xatosidan so‘ng Aaron Remsdeyl hisobni tenglashtirdi.

Londonliklar 86-daqiqasida Kay Xavertsning goli evaziga g‘alabani ilib ketishdi. Mazkur bahsda "kanonirlar" himoyachisi Ben Uayt ikkita golga uzatma berdi.

«Arsenal» 64 ochko bilan APL jadvalida peshqadamiga aylandi. «Liverpul» (63) va «Manchester Siti» (62) klublari o‘z o‘yinlarini bugun o‘tkazishadi.

APL, 28-tur
Arsenal – Brentford 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 19 Rays, 1:1 – 45 Vissa, 2:1 – 86 Xaverts.
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Kiver (Zinchenko, 79), Jorjinyo (Gabriel Jezus, 70), Edegor (Parti, 90), Rays, Xaverts, Trossard (Nelson, 79), Saka.
Brentford – Flekken, Roerslev, Yorgensen (Damsgor, 90), Ayer, Kollinz, Nergor (Yensen, 34), Yanelt (Goddos, 90), Onyeka (Yarmolyuk, 78), Vissa (Mope, 78), Touni, Lyuis-Potter.
Ogohlantirishlar: Onyeka (4), Gabriel (10), Yorgensen (21), Xaverts (45), Vissa (72), Kollinz (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:59, 10.03.2024.
O'qildi: 1671 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик