Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Rasmus Xoylund: «Imkon qadar tezroq qaytmoqchiman»

Rasmus Xoylund: «Imkon qadar tezroq qaytmoqchiman»

Baho:
+ | -

APLning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan «MYU» hujumchisi Rasmus Xoylund chindan ham, orada samaradorlikni oshirgandi.

Aniqroq aytsak, daniyalik futbolchi ortda qolgan oy 4ta o‘yinda 5ta gol urdi. Ya’ni «Vulverxempton», «Vest Xem», «Aston Villa» va «Luton» darvozabonlari Xoylunddan «nasiba» olishdi. Aslida Rasmusning fevraldagi statistikasi yanada zalvorli bo‘lishi mumkin edi, biroq u «MYU»ning «Fulxem»ga qarshi uy o‘yini- (1:2)da jarohat tufayli ishtirok etolmadi. Klub rasmiy sayti esa daniyalikni individual sovrin bilan qutlash bahonasida undan ixcham intervyu oldi.

- Rasmus, avvalo, shaxsiy mukofotga munosib ko‘rilganingiz bilan tabriklaymiz!

- Rahmat. Albatta, bunday sovrin olish, ayniqsa, kuchli nomzodlar qatorida g‘olib chiqish juda yoqimli va sharafli. Tabiiyki, oy laureatiga atalgan mukofotni qo‘lga kiritganimdan bag‘oyat mamnunman.

- O‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish masalasida o‘zgacha biror uslubingiz bormi?

- Har doim maydonga tushish arafasida salohiyatimga to‘liq ishonishimni takrorlayman. Bu orqali ichki energiyamni qo‘zg‘ataman. Albatta, agar gol ursangiz, o‘z-o‘zidan kuchingizga kuch qo‘shiladi. Oddiy aytganda, yaxshi holatda ekanligingizga ishonchingiz ortadi va kayfiyatingiz ko‘tariladi. Shu tariqa keyingi bahsni sabrsiz kuta boshlaysiz.

- Xo‘sh, fevral oyidagi 5ta golingizdan qay birini alohida e’tirof etasiz?

- Barchasi o‘ziga xos va muhim. Lekin agar 1tasini ko‘rsatish so‘ralsa, «Luton» darvozasiga ko‘kragim bilan urilganini aytaman. Bu gol avvalo, o‘zimga yoqdi. O‘ylashimcha, yaxshi sport formasida bo‘lganingizda, har qanday harakatingiz o‘zingiz uchun tabiiydek tuyuladi. Yo‘q, o‘zimni maqtash niyatim yo‘q, ammo o‘sha gol vaziyatidagi xatti-harakatdan o‘zgacha rohatlandim, hayratlanarli holat. Shundan kelib chiqsak, mukammallik sari intilayotganimni ta’kidlashim mumkin.

- Oy laureati bo‘lishingizda jarohatlanishingizga qadar siz bilan ajoyib tarzda harakatlangan Reshford va Garnachoning hissalari qanday?

- Juda katta, albatta. Mash­g‘ulotlar jarayonida o‘zaro ko‘p ishladik va xatti-harakatlarimizni tushuna boshladik. Shuningdek, murabbiy o‘yin davomida pozisiyalarni o‘zgartirib turish huquqini bergani ham samara ko‘rsatdi. Menimcha, kuchli tomonlarimiz bilan bir-birimizga juda mos tushdik. Shunday ekan, Reshford va Garnachodan minnatdorman. Umuman, boshqa jamoadoshlarim - markaziy va orqa chiziq vakillaridan ham.

- «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin (1:3)da qatnasholmadingiz, ammo xuddi Lisandro Martines kabi jamoa bilan birga bo‘ldingiz...

- Ha, bu muhim o‘yin edi. Odatda jarohatlangan futbolchilar o‘yinga bormasliklari mumkin. Lekin o‘yin dam olish kuniga to‘g‘ri keldi va biz yigitlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida stadionga intildik. Qisqasi, shunchaki, jamoa yonida bo‘lishni lozim topdik. Qolaversa, muolaja davrida umumiy ritmdan chiqib qolishingiz hech gap emas. Shuning uchun kiyinish xonasiga kirib, tonnel oxirida yorug‘lik borligini yaqqol his etish muhim. Bu avvalo, yigitlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘yilgan qadam edi, ammo reabilitasiya jarayoniga ham ta’siri yo‘q emas.

- Demak, bundanda kuchliroq bo‘lib qaytmoqchisiz?

- Shunday. Ko‘ramiz, imkon qadar tezroq qaytmoqchiman. Lekin aniq sana belgilash noo‘rin, chunki bu faqat xalaqit beradi yoki nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, tez orada qaytishdan umidvorman. 

XOYLUND BIRINCHI DANIYALIK, ARTETA ESA 7-MARTA

Rasmus Xoylund APLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan daniyalik birinchi legionerdir. 21 yoshli hujumchi fevral so‘rovida Fil Foden («Manchester Siti»), Joau Gomes («Vurverxempton»), Paskal Gros («Brayton»), Rodrigo Munis («Fulxem»), Bukayo Saka («Arsenal») va Olli Uotkins («Aston Villa»)ni ortda qoldirdi. Murabbiylar orasida esa «Arsenal»ning fevraldagi 4ta o‘yinida ham g‘alabani ta’minlagan (gollar nisbati: +16) Mikel Arteta g‘olib chiqdi. So‘rovda Xosep Gvardiola («Manchester Siti») va Erik ten Xag («MYU»)dan ko‘proq ovoz to‘plagan ispaniya­lik mutaxassis APLdagi faoliyati davomida 7-marta oy laureati bo‘lganini ham aytish joiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 15.03.2024.
O'qildi: 956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.