Endryu Robertson jarohati sabab Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘yinni yakunlay olmadi.
“Liverpul” sharafini himoya qilayotgan shotlandiyalik himoyachi o‘rtoqlik uchrashuvining 37-daqiqasida almashtirildi. Uning to‘pig‘ida muammolar bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Robertson oktyabr oyida terma jamoa bilan yelkasidan olgan jarohati tufayli uch oyni o‘tkazib yuborgandi.