"Inter"ning sobiq darvozaboni Andre Onana Simone Indzagi jamoasidan ketganidan afsusdami yoki yo‘qligini aytdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda darvozabon 50 million yevro evaziga "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi.
“Inter” men uchun haqiqiy oila. Men bu klub muxlislarini yaxshi ko‘raman. Men ularga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. "Inter"dan ketganimdan afsusdamanmi? Yo‘q, men "Manchester Yunayted"da baxtliman. Biroq, “Inter” uchun juda xursandman. Bu fantastik jamoa", - deya kamerunlik futbolchining so‘zlarini keltiradi DAZN.
O‘tgan mavsumda Onana "Inter"ga Chempionlar ligasi finaliga chiqish va Italiya kubogini yutishda yordam berdi. Andre Chempionlar ligasida eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgani uchun "Oltin qo‘lqop"ni oldi.