"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller jamoadoshi Kingsli Komanning jarohati haqida fikr bildirdi. Fransiyalik vinger Bundesliga doirasidagi "Kyoln"ga qarshi o‘yinda (2:0) jarohat oldi.
"Men "Bavariya"da uzoq vaqt o‘ynab kelaman. Chempionlar ligasi pley-off bosqichining hal qiluvchi o‘yinlari oldidan muhim o‘yinchilarni birinchi marta yo‘qotayotganimiz yo‘q. Bu avvalroq Aren Robben va Frank Riberi bilan ham sodir bo‘lgan", - deydi Myuller.
17 aprel, chorshanba kuni “Bavariya” o‘z maydonida Londonning “Arsenal” jamoasini qabul qiladi.