Yarim himoyachi Rodri ajoyib Jahon chempionatini o‘tkazdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Tez orada Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi klub ishlariga qaytadi. Rodri o‘z kelajagi borasida bir qarorga kelishi kerak, chunki uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
The Touchline nashrining jurnalist Ramon Alvares de Monga tayanib xabar berishicha, Rodri «Real Madrid»dan keladigan taklifni intizorlik bilan kutmoqda. Ushbu fonda yarim himoyachi «Manchester Siti»ning shartnomani uzaytirish bo‘yicha bir nechta takliflarini rad etgan.
Iyun oyida Rodri 30 yoshni qarshi oldi. 2024 yilda yarim himoyachi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan edi.













