Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

«FIFA JCHni Messiga bermoqchi». Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi bahsli postga layk bosdi

«FIFA JCHni Messiga bermoqchi». Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi bahsli postga layk bosdi

Baho:
+ | -3

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Espejo Publico teleko‘rsatuvining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan bahsli videoga layk bosdi. Unda Argentina terma jamoasi va FIFA keskin tanqid qilingan.

Videoda ispaniyalik jurnalist Pilar Rodriges Losantos 17 iyul kuni efir davomida Argentina terma jamoasi hamda FIFA haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:

«Bu jamoa taxminan beshta o‘yin avvaloq musobaqani tark etishi kerak edi. Ular FIFA yordami bilan keyingi bosqichlarga chiqdi. FIFA — yer yuzidagi eng korrupsiyalashgan tashkilotlardan biri. Menimcha, biz Argentinaga emas, balki butun FIFA tizimiga qarshi o‘ynaymiz. Ular to‘rt yil avval bo‘lgani kabi, bu safar ham jahon chempionligini Messiga bermoqchi», — dedi jurnalist.

Ko‘rsatuvning yana bir ishtirokchisi Ruben Amon esa FIFAni «mafiyaga o‘xshash va sharmandali tashkilot» deb atadi.

Qayd etish joiz, Ronaldu mazkur fikrlarni o‘zi bildirmagan. U faqat ushbu videojoylangan postga layk bosgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini tortdi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi qo‘shimcha vaqtda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:58, 21.07.2026.
O'qildi: 3742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик