"Fulxem" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Joau Palinya Ruben Amorimning "Liverpul"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
Xabaringiz bor, Palinya avvalroq “Sporting”da Amorim qo‘l ostida o‘ynagan. "Agar Amorim "Liverpul" bilan shartnoma imzolasa, uning shaxsiy fazilatlari odamlarga yoqishiga shubham yo‘q.
Menimcha, u Kloppning o‘rnini bosadigan ajoyib inson. U bosimga dosh berishga o‘rganib qolgan", - dedi Palinya.