Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Gvardiola trebl haqida qachon o‘ylashini aytdi

Gvardiola trebl haqida qachon o‘ylashini aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ketma-ket ikkinchi yil treblni qo‘lga kiritish imkoniyati haqida gapirdi.

“Biz bu taxminiy orzulardan yiroqmiz. Agar Angliya kubogi va Chempionlar ligasining final bosqichiga chiqsak va Premyer-ligada yakuniga ikki-uch tur qolganda peshqadam bo‘lsak, bu haqda o‘ylab ko‘rishim mumkin.

"Chelsi" (Manchester Siti"ning Angliya kubogi yarim finalidagi raqibi) qanchalik kuchli ekanligini va Premyer-liga jadvali qanchalik zich ekanini ko‘rasiz. O‘tgan mavsumda men Angliya kubogi finalida "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etganimdan keyingina trebl haqida o‘ylay boshladim. Men uchun bu mavsumdagi muvaffaqiyat shundan iboratki, yakunlanishiga to‘rt-besh hafta qolganida biz hali treblga da’vo qilyapmiz", - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Kiritildi: 18:32, 16.04.2024.
O'qildi: 1324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик