Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«A» seriya yakunining jozibasi

«A» seriya yakunining jozibasi

Baho:
+ | -

«Inter»ni hozirdan navbatdagi skudetto bilan tabriklash mumkin.

 Simone Inzagi jamoasi «A» seriyada chindan ham, yaqqol ajralib turibdi vajohati bilan. Italiyada chempion deyarli aniq ekan, unda «A» seriya o‘yinlarini kuzatishda davom etishdan nima ma’no bor? Yo‘q, bunday o‘ylash noo‘rin. Zero, chempionatda hali o‘z yechimini kutayotgan qiziqarli masalalar yetarli. Xullas, finish marrasigacha «A» seriyadan ko‘z uzmaslikni taqozo etadigan sabablar ko‘p.

Eng muhimi, chempionat kashfiyoti - «Bolonya»ning yakunda qaysi yevrokubokka yo‘l olishi masalasi, albatta. Tyago Motta tuzgan quvnoq jamoa gohida aqlni shoshirib qo‘ymoqda qoyilmaqom o‘yini bilan. Bir qarashda, kamtarin klub o‘z konsepsiyasi bilan ko‘p jihatdan «Milan»ga o‘xshamoqda. Ehtimol, shuning uchun ham Motta aynan Stefano Pioli o‘rnini egallashga nomzod sifatida ko‘rsatilmoqda ko‘pincha. To‘g‘ri, buning imkoni yo‘qligi ayon. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, «A» seriya finishiga bog‘liq asosiy savol mohiyati o‘zgarmaydi: «Bolonya» yakunda qaysi turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi? Qolaversa, Mottaning qayerga yo‘l olishi ham barchani qiziqtirishi ta­yin. Italiyalik/braziliyalik yosh mutaxassisning qaysidir yirik klub boshqaruvida ko‘rsak, ajabmas. Balki u ham xuddi Xavi Alonso kabi yana bir mavsum o‘z klubida qolishni afzal ko‘rar... «Yuventus» varianti? Ha, «keksa sinyora» haqiqatan ham, yaxshi murabbiyga muhtoj.

Qolaversa, «Milan» masalasi ham qiziq. Ayniqsa, Rafael Leauniki. Binobarin, portugaliyalik yigit so‘nggi vaqtlar eng yuqori darajada o‘yin ko‘rsatmoqda. Natijada ekspertlar Leauni Jud Bellingem, Vinisius Junior, Erling Xoland va boshqa elit futbolchilar guruhida tilga ola boshlashdi qaytadan. Umuman, Rafael ko‘p narsaga qodir va ko‘pchilik buni biladi. Deylik, «Real»da Vinisius rolini bemalol tortib ketarmidi? Oddiy aytganda, agar Rafa o‘z darajasiga munosib sheriklar davrasi va top-murabbiy qo‘l ostiga tushsa, yanada jiddiylashadi. Tan olish kerak, Leauda ko‘pchilik yoqtirmaydigan jihatlar ham yo‘q emas. Ayrimlar uni «Milan»da fundamental eng yaxshi futbolchi sifatida ham ko‘rmaydilar. Lekin u hozirgi jamoada eng yuqori nuqtaga chiqishi qiyin. Ikkinchi tomondan, «Milan» Rafaelni 120 million yevrodan kamiga sotmasa kerak. Qanchalik og‘ir va qayg‘uli qismat... Yana «Fiorentina» va «Atalanta» «A» seriyada qanday yakun topishini ko‘rish ham qiziq. Hammasi shumi? Yo‘q, amaldagi chempion «Napoli» qoldi-ku. Xo‘sh, «adzurra» qanchalik sho‘ng‘iydi?

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 19.04.2024.
O'qildi: 873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.