Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Yurgen Klopp bilan "yulduzi yulduziga to‘g‘ri kelmagan" futbolchilar

Yurgen Klopp bilan "yulduzi yulduziga to‘g‘ri kelmagan" futbolchilar

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp zamonaviy futbolning eng yaxshi murabbiylaridan biri, biroq u «Liverpul» va Dortmundning «Borussiya»sidagi faoliyati davomida bir nechta super yulduzlar bilan kelisha olmadi. Nemis xo‘jayini o‘z o‘yinchilari bilan yaqin munosabatlari bilan mashhur, garchi ba’zida munosabatlar biz o‘ylaganchalik bo‘lmasligi ham mumkin.

Biz esa Yurgen Klopp bilan kelisha olmay jamoani tark etishga majbur bo‘lgan (bo‘layotgan) futbolchilar haqida so‘z yuritamiz.

Muhammad Saloh

Umuman olganda, Saloh va Klopp yaqin munosabatda bo‘lganday ko‘rinadi, lekin ba’zida ularning shaxsiy munosabati ko‘ringanidek bo‘lmasligi mumkin. Bu «Liverpul»ning Premer-liganing "Vest Xem"ga qarshi so‘nggi o‘yinida sodir bo‘ldi, chunki misrlik forvard almashtirilishidan oldin Klopp bilan maydon tashqarisida qizg‘in fikr almashdi. «Liverpul»ning sobiq himoyachisi Stiven Uornok BBS Radio 5 Liveda bahsni "egoslar to‘qnashuvi" deb ta’rifladi.

Mo Salah's Pre-Match Antics Could Explain Jurgen Klopp Bust-Up

"Klubda bir xil darajaga ega futbolchi va murabbiy mavjud. Ikkisi o‘rtasida, avvalo, hurmat bo‘lishi kerak. Albatta, Salohga erta mayondan olinishi yoqmaydi". Klopp esa bu holatga quyidagicha izoh bergan: "Men Saloh bilan kiyinish xonasida gaplashdim. Bu mavzuga boshqa qaytishni xohlamayman".

Mario Balotelli

Balotellining «Liverpul»dagi faoliyati hozirgi kunlarda dahshatli tushdek tuyuladi. Italiyalik forvard Klopp qo‘l ostida hech qachon ko‘p imkoniyatga ega bo‘lmagan va «Liverpul»ning Qo‘shma Shtatlardagi mavsumoldi safaridan chetda qolgach, u tez orada jamoani tark etdi. Balotellining o‘sha paytdagi agenti Mino Rayola Kloppni mijoziga salbiy munosabatda bo‘lgani uchun birozgina tanqid qilgandi.

Liverpool News: Balotelli lifts lid on relationship with Jurgen Klopp |  Football | Sport | Express.co.uk

Keyinchalik Balotellining o‘zi ham shunday deb tan oldi: "Klopp meni tanimaydi, men ham uni tanimayman". Men «Liverpul»ga bir yarim oy qaytdim va u bilan bir marta gaplashdim. U menga klubda yana bir necha mavsum qolishim mumkinligni aytganida, mening qarorim to‘g‘ri ekanligini aytib javob berdim"

Nuri Shahin

Dortmundning «Borussiya» klubidagi dastlabki kunlarida turkiyalik yarim himoyachi jamoadoshi bilan tortishib qolgandi. Klopp esa Shahinni mashg‘ulotlardan chetlatgan.

Klopp's Sahin dilemma | Nuri Sahin | Borussia Dortmund | Bundesliga

"Bu voqea 2009 yoki 2010 yilgi mavsumda bo‘lgan edi, men Dortmundning «Borussiya»sida o‘ynagan edim va murabbiy meni mashg‘ulotlardan haydab yubordi. U menga ketishimni aytdi, chunki jamoadoshim bilan janjallashib qolgandim”, — dedi Shahin GOAL nashriga.

Jerdan Shakiri

Shveytsariyalik vinger 2018 yilda «Liverpul» «Chelsi» tomonidan Liga kubogidan chiqarib yuborilganidan so‘ng, Kloppning qora ro‘yxatiga tushib qoldi. Final hushtagi chalinganidan so‘ng, «qizillar» boshlig‘i Shakirining oldiga bostirib keldi va juftlik bir-birlari bilan qizg‘in so‘zlarni aytishni boshladi.

Liverpool manager Jurgen Klopp explains exchange with Xherdan Shaqiri was  over late free-kick | The Independent | The Independent

"Men jarima zarbasi haqida gapirdim. Chunki Saloh amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishni Shakiri beruxsat qildi", - dedi Klopp o‘yindan keyin.

Manba: Planetfootball.com
Kiritildi: 08:00, 30.04.2024.
O'qildi: 2500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.