Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Kazemiro: "Don Karloning xonasiga kirsam, u yig‘lab o‘tirgan ekan..."

Kazemiro: "Don Karloning xonasiga kirsam, u yig‘lab o‘tirgan ekan..."

Baho:
+ | -

«Real» hayotida chuqur iz qoldigan braziliyalik Kazemiro El Chiringuito de Jugones nashriga bergan intervyusida ilk marta nega «MYU»ga ketishni xohlagani xususida oshkora gapirdi.

Yana «Qirollik klubi» bilan xayrlashish masalasida uni rosa ikkilantirgan lahzaga alohida to‘xtaldi.

- «Real»ga xos DNK». Jamoa safida katta yo‘lni bosib o‘tgan futbolchi sifatida buni qanday tushuntira olasiz?

- Ochig‘i, buni tushuntirib berishim qiyin. Oddiy misol, «Real» har safar CHLning muhim pallasida mutlaqo o‘zgaradi. Deylik, Xolandning zarbasidan so‘ng to‘p nari borsa, to‘singa tegadi... Qisqasi, jamoa eng zarur vaziyatda aqlga sig‘mas ishlarni uddalamoqda. DNK - bu g‘alaba qozonish majburiyati. Agar klub faqat La Ligada g‘olib chiqsa, hamma CHL haqida so‘raydi. «Madrid»da hamisha shunday. Asosiysi, yuqori talablar jamoa futbolchilarini aslo charchatmaydi, aksincha, zavqlantiradi. Umuman, «Real»da har kuni kuchli bosim barobarida zavq tuy­g‘usini ham tuyasiz.

- «Real» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi oxirgi o‘yin­ni qanday tomosha qildingiz?

- To‘g‘risi, agar madridlik bo‘lganimda, qattiq azoblanardim. Ha, «Real» katta to‘siqdan o‘tdi, ammo o‘z muxlislarini tahlikada ushlab turdi, jumladan, men ham butun vaqt davomida qandaydir xavotirda o‘tirdim. «Siti»ning o‘ta kuchli tarkib va maydonda nimalar bo‘layotganini teran tushunadigan aql bovar qilmas murabbiyga egaligi hammaga ayon. Shundan bo‘lsa kerak, «Madrid» himoyalandi, himoyalandi va faqat himoyalandi. Yakuniy natijadan esa juda xursandman, ayniqsa, sobiq jamoadoshlarim uchun.

- Angliyada hayot tarzi qanday ekan?

- Hammasi yaxshi, juda zo‘r. APL - tengsiz turnir va unda o‘ynash ajoyib. Oilam ham yangi muhitga yaxshi moslashdi. 

- Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi raqobati haqida ikki og‘iz...

- Hammamiz har ikkisi o‘yinidan rosa zavqlandik, albatta. Ammo Leo va Krish futbol uchun nechog‘li katta xizmat qilishganini hali ham teran anglamadik. Qarang, Ronaldu hamon e’tibor markazida. Har holda, o‘tgan yili 50tadan ortiq gol urdi. Xo‘sh, bunday futbolchi haqida nima deyish mumkin? Ta’rif ortiqcha!

- Ronaldu va Messi vorisi sifatida ko‘rsatilayotgan Kilian Mbappe haqida nima deysiz?

- Ha, Kilian bugun dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri, ehtimolki, eng yaxshisidir - juda tezkor, aqlli va chinakam «yirtqich». Kilian menga ko‘proq Krishtianuni eslatmoqda. Deylik, maydonda bo‘lsa, raqib darvozasiga har daqiqada tahdid soladi. Krishtianu ham xuddi shunday edi, gol isini darhol olardi. Bugungi Mbappe har qanday raqib uchun dahshatning o‘zginasi. Ha, u «Barsa»ga qarshi bahsda yaxshi o‘ynamadi, ammo 2ta gol urdi, baribir!

- «Real»dan ketishingiz oson bo‘lmagandir?

- Jamoa bilan imkoni bor barcha sovrinlarni yutdim. Lekin g‘alabaga to‘yganim emas, shunchaki, yangi tajribani sinab ko‘rishni xohlaganim ortidan ketishga qaror qildim. Albatta, «Madrid»dan ko‘ngil uzib ketish oson emasdi, lekin yangi chempionatda o‘ynash, yangi til o‘rganish ishtiyoqi tinchlik bermadi. Qolaversa, «MYU»ning munosabati ilk kundanoq juda yaxshi edi. Shu tariqa CHLda navbatdagi g‘alabani nishonlaganimizdan keyin fursati kelganini angladim. Ya’ni faoliyatimning «Madrid»dagi bosqichi tugaganini. Binobarin, bosh­qa klubga borib, o‘sishda davom etish uchun munosib yoshda edim. Yakuniy to‘xtamga kelishda rosa qiynalganim rost, axir «Real»da meni chinakamiga yaxshi ko‘rishardi. Jamoadagi oxirgi kunlar hech esimdan chiqmaydi. Transfer uchun hammasi tayyor edi, faqat tibbiy ko‘rikdan o‘tib, shartnomaga imzo chekishim qolgandi. Anchelotti bilan gaplashish uchun uning yoniga bordim. Xonasiga kirsam, yig‘lab o‘tirgan ekan. Don Karlo ketishimni aslo istamasligi, meni nihoyatda qadrlashini aytdi. Ayni o‘sha lahzada ketish borasida qattiq ikkilandim. Biroq bu vaqtda allaqachon «MYU»ga so‘z bergandim va va’damga xilof ish tutolmasdim.

M. PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:33, 03.05.2024.
O'qildi: 4919 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.