"Bolonya" bosh murabbiyi Tyago Motta Italiya klubini tark etishi mumkin.
Tuttosport xabariga ko‘ra, "Milan" prezidentining maslahatchisi Zlatan Ibrahimovich shaxsan Tyago Mottani kelasi mavsumda "rossonerilar" bosh murabbiyi bo‘lishiga ishontirishga harakat qilmoqda.
Italiya chempionatining 35-turidan so‘ng “Bolonya” 64 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda, jamoa uchinchi o‘rindagi “Yuventus”dan bir ochko ortda qolgan.