Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sportchilar sulolasi sovg‘asi

Sportchilar sulolasi sovg‘asi

Baho:
+ | -

Mazkur muvaffaqiyatda oila muhim rol o‘ynadi. Xabining otasi - sobiq top-futbolchi. Uning 3 nafar o‘g‘loni millionlar o‘yiniga cheksiz muhabbat muhitida ulg‘ayib, unga mehr qo‘ydilar. 

Xabining otasi 24 yoshida La Ligada debyut qilgan, qudratli «Sosyedad»ning muhim o‘yinchisi bo‘lgan, Maradona bilan to‘p surgan

«Himoyaviy yo‘nalishdagi jangovar yarim himoyachi. Ajoyib zarba sohibi bo‘lgani bois, anchagina gol urishga ham ulgurgan», - Cadena Ser katta Alonsoga shunday ta’rif bergandi.

Periko Alonso o‘zining futbolchilik faoliyatini mahalliy «Tolosa» klubida boshlagan, 1974 yilda uni «Real Sosyedad» o‘z tizimiga taklif etgandi. Periko dastlabki bir necha mavsumni o‘rinbosarlar jamoasida o‘tkazib, 1977 yilda La Ligada ilk marta maydonga tushdi. Lekin debyutni ancha kech nishonlagan 24 yoshli Periko qisqa vaqt ichida 1981 va 1982 yillarda Ispaniya chempioni bo‘lgan buyuk jamoaning yetakchi o‘yinchisiga aylandi. O‘shanda u Luis Arkonada, Xesus Mariya Samora, Roberto Lopes Ufarte, Xesus Mariya Satrustegi kabi afsonalar bilan to‘p surgandi.

«Sosyedad»dagi samarali ishtirok evaziga katta Alonso Ispaniya terma jamoasi safida JCH-1982ga yo‘l olib, 5ta o‘yinda to‘liq to‘p surdi va San-Sebastyan klubi uchun rekord transfer - 70 mln. peset (taxminan, 420 000 yevro) evaziga «Barsa» a’zosiga aylandi. Aynan o‘sha yili Kataloniya grandi Maradonani xarid qilgan, Bernd Shuster avvalroq tarkibdan joy olgandi. Shu tariqa ajoyib uchlik shakllandi: Diyego - ijodkor, Bernd - atlet, Periko - donishmand.

Dastlabki ikki mavsumni asosiy tarkibda o‘tkazgan katta Alonso «Barsa» bilan Ispaniya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. 1984 yilda bosh murabbiylikka kelgan Terri Veneybls esa uni zaxirada qoldirdi. 1985 yilda ham u chempionlikka erishgan, biroq atigi 2ta o‘yinda maydonga tushgandi. Qizig‘i, jamoaning 6000-golini aynan Periko amalga oshirgan.

Futbolchilik faoliyatini kamtarin «Sabadela» klubida yakunlagan Periko keyinchalik 10 yil murabbiy maqomida ishladi. Taajjubki, uning so‘nggi klubi bo‘lgan «Sosyedad»ni tark etishi o‘g‘lining asosiy tarkibdagi debyutidan sal avvalroq yuz bergandi.

Otasi Xabiga ko‘p ko‘mak bergan - ibrat va maslahat bilan

Kichik Alonso doimo otasi o‘yinlarining ta’siri ostida bo‘lgan: unga samarali zarbalardan ko‘ra sifatli   uzatmalar ko‘proq yoqardi. Shu sababli Xabi bolaligida tayanch yarim himoyachisi ixtisosini tanlagandi. «Men akam bilan otamning mashg‘ulotlariga borardik va maydonning boshqa qismida mashq qilardik. Boshqa bolakaylar men kabi to‘p uzatishni bilmasliklarini 5-6 yoshli paytimda bilib olganman. Otamning uzatmalari yoqib qolgach, mashg‘ulotlarda ko‘proq to‘p uzatishni mashq qilganman» , - deydi Xabi.

Tarbiya - dolzarb mavzu

Deyarli balog‘at yoshiga yetguniga qadar Xabiga futbol haqida o‘ylash imkoniyatini ham berishmagan. Sababi, maktabda bolakay bir marta ispan tili bo‘yicha testdan o‘ta olmay qolgan va bir oyni futbolsiz o‘tkazgandi.

«Men futbolchi bo‘lish haqida umuman, o‘ylagan emasdim. 16 yoshgacha o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lib, sport bilan qo‘shimcha tarzda shug‘ullanganman. qaysidir ma’noda, bu men uchun foydali bo‘ldi. Futbol mukammal bilim olishimga xalal bermadi. Agar bolaligimdan professional futbolda bo‘lganimda, hayotdagi muhim jihatlardan bexabar qolardim» , - deydi murabbiy. Periko ham o‘g‘lini biron-bir yo‘nalishga majburlamaganini tasdiqladi: «Futbolchi bo‘lishni istasang, shug‘ullan, istamasang, yo‘q». Xabi esa otasining nasihatlarini quyidagicha xotirlaydi: «Otam avvalo, oyoqda mahkam turish kerakligini ta’kidlardi. O‘yin yaxshi chiqsa, hamma xursand. Agar yomon chiqsa, aybdorlarni izlash boshlanadi. Bola uchun eng muhimi, tushkunlikka tushmaslik. Otam maktab xususida maslahatlar berardi, futbol haqida emas».

Akasi bilan «Sosyedad»da to‘p surgan, endi u falsafa magistri

2001-2004 yillarda Xabi akasi Mikel bilan birgalikda «Real Sosyedad» tarkibida saviyali to‘p surdi, keyin «Liverpul»ga o‘tib ketdi. Mikel keyinroq ijara asosida APLga yo‘l olib, «Bolton»­da o‘zini sinab ko‘rishga kirishdi. Biroq ishlari yurishmadi, Gari Megson unga zaxira o‘rindig‘idan joy berdi. Shuningdek, jarohat va ingliz futboli muhitiga moslashish to‘siq bo‘ldi.

Qisqasi, futbolchi maqomida Mikel qandaydir sovringa yoki terma jamoa chorloviga ega bo‘lmadi. Uning fikricha, salohiyatini yuzaga chiqarishiga ruhiyati imkon bermagan: «O‘yindan zavq olish o‘rniga, men ko‘proq aziyat chekardim. Zimmaga olgan yumushlar tufayli, menda qandaydir qo‘rquv paydo bo‘lgandi. Juda ko‘p o‘yinlar men uchun qiynoq bo‘lardi. Maydonda jilmayib to‘p surishni istasamda, mas’uliyat hissi tufayli asabiy yurardim».

Xabining akasi - ajoyib inson. «Bolton»ga kelganida, o‘ta qisqa vaqt ichida ingliz tilini o‘zlashtirib oldi: «Xorijiy tillarni xush ko‘raman. Inglizlar bilan tillashish bahonasida adabiyotga qiziqib qoldim. Hatto Manchester universitetida xitoy tilini o‘rganish kursiga qatnay boshladim. Xullas, vaqtimni quvnoq o‘tkazdim. Yaqinda falsafa bo‘yicha magistr unvonini oldim. Hozir imo,ishoralar tilini o‘rganyapman. Shuningdek, yozishni yoqtiraman» , - degandi Mikel 2015 yilda. Futbolchilikdan keyin faylasuf qisqa muddat «Sosyedad» tizimida murabbiylik bilan shug‘ullandi, endi Xabining yordamchisi maqomida ishlamoqda.

Boshqa akasi hakam bo‘ldi. Akasi sharafiga Xabi o‘z o‘g‘liga uning nomini berdi

So‘nggi qahramonimiz Xabining ikkinchi akasi - Yon haqida uning 18 yoshdagi intervyusidan boshqa ma’lumot yo‘q. O‘shanda Yon plyajda to‘p surganligi, lekin asabiy bo‘lgani uchun sevgan kasbini egallay olmaganini bayon etgandi.

O‘smirlik davrida u ilk marta plyaj futbolida arbitr maqomida ishtiroq etib, shu kasbga qiziqib qoldi. Shundan keyin Yon ma’lum muddat mintaqaviy turnirlar va o‘smirlar jamoalari uchrashuvlarini boshqarib yurdi. «Hakam uchun har bir o‘yin - sinov. Barcha uchrashuvlarda nimagadir duch kelasan va uni hal qilishga majbursan. U hayotga o‘xshaydi , yaxshi va yomon voqealar bo‘lib turadi. Lekin zavqi shunga arziydi», - degandi Yon. Hakamlik sohasida uzoqroq faoliyat yuritish Yonga nasib etmadi. Hozir nima bilan mashg‘ul ekanligi noma’lum.

Lekin katta Alonso bilan kichik Alonsolar o‘rtasidagi samimiy aloqalar davom etmoqda, Xabining o‘g‘li ham Yon, mitti Yon. O‘tgan yil oktyabrida Yon otasi bilan «Bayer»ning YELdagi uchrashuviga tashrif buyurishdi. Xabining jamoasi o‘sha o‘yinni 5:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Tabiiyki, o‘shanda yaqinlari yuzlaridan tabassum arimagandi. Ularning rekord maqomidagi chempionlikdan keyingi baxtiyorligini bir tasavvur qiling! 

Xo‘ja ABDULAHAD tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:11, 06.05.2024.
O'qildi: 514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.