Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

«Bavariya» «MYU» yetakchisiga ko‘z tikdi

«Bavariya» «MYU» yetakchisiga ko‘z tikdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandeshga «Bavariya» klubi qiziqish bildirmoqda.

Myunxenliklar yozda 29 yoshli futbolchini qo‘lga kiritmoqchi. Hozircha "Bavariya" portugaliyalik futbolchining transferi uchun qancha pul taklif qilishi ma’lum emas.

Agar «Bavariya» Fernandesh bilan shartnoma imzolasa, Tomas Tuxelning klubda qolish ehtimoli oshadi. Germaniyalik mutaxassis anchadan beri yuqori saviyadagi ijodkor o‘yinchi kerakligini ta’kidlab kelayotgandi.

Fernandeshning o‘zi ham boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas. Boisi, «MYU»ning joriy mavsumdagi natijalari uning hafsalasini pir qilgan. U sovrin uchun kurashadigan jamoa safida o‘ynashni istamoqda.

«Yunayted» esa o‘z sardorini qimmatroq narxga sotish orqali APL moliyaviy halol o‘yin qoidalariga munosiblikni saqlab qolmoqchi.

Brunu Fernandesh joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 gol va 11 assist muallifiga aylandi. Uning transfer narxi 70 million yevroga baholangan.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 17:58, 14.05.2024.
O'qildi: 2450 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик