Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Turkcha uslub: Yubileyga atalgan sovg‘alar

Baho:
+ | -

Yakuniga yaqinlashayotgan joriy mavsumda turk futboli bir qator voqealar, hakamlik mojarolari, «Super Kubok» loyihasiga qarshi sabotaj va «Galatasaroy», «Fenerbaxche» bilan qolgan jamoalar o‘rtasida yuzaga kelgan turnir jadvalidagi ulkan tafovutga guvoh bo‘ldi.

Biroq bizda mahalliy futbol klublarining Turkiya Respublikasining 100 yillik yubileyini munosib nishonlash uchun maxsus liboslar tayyorlashgani kuchli taassurot qoldirdi. Hikoyamiz o‘tgan yil oktyabrida bo‘lib o‘tgan milliy bayramda ishtirok etgan jamoalar haqida.

Avvalo, Turkiya klublarining ko‘pchiligiga mavsum davom etayotgan pallada sport formalari dizaynini o‘zgartirish ma’qul kelmaganini ta’kidlash joiz. 4ta diviziondagi 138ta klubdan atigi 15tasi tarixiy sanani munosib nishonlashga qaror qildi. Hikoyani Istanbul grandlaridan boshlaymiz.

«GALATASAROY»

Joriy mavsum peshqadami o‘zining uy liboslaridagi ikkita vertikal keng polosani ko‘pgina ingichka hoshiyalarga o‘zgartirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad - turk futbolidagi ilk qadamini shu yo‘l-yo‘l futbolkada tashlagan jamoaning shonli tarixga bo‘lgan hurmati.

«FENERBAXCHE»

Yetakchining asosiy ta’qibchisi yanada nafisroq o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Respublika asoschisi bo‘lmish Mustafo Kamol Otaturkning siymosi old tomonda klubning sariq va to‘q zangor rang­lariga uyg‘unlashib ketgan, futbolkaning orqa tomonida esa dastlabki respublika hukumati vakillarining suratlari joy olgandi.

«BESHIKTOSH»

Bu nomdor jamoa dizaynerlari avvaliga xatoga yo‘l qo‘yishdi, lekin qisqa vaqt ichida o‘zlarini o‘nglab olishdi. Bayramning ilk kunlarida klub tomonidan taqdim etilgan eksklyuziv ko‘pchilik muxlislarni ranjitib qo‘ydi. Bu futbolka mavsum uchun tayyorlangan 3-komplekt libosidan farq qilmasdi. Boz ustiga, undagi Turkiya gerbi kattalashtirilgan va klub ramzini yopib qo‘ygandi.

O‘z noroziliklari bilan muxlislar go‘yo «Galatasaroy» va «Fenerbaxche» vakillari yaxshi ishlashgani, «Beshiktosh» funksionerlari esa tarixiy bayramga durustroq e’tibor bermaganliklariga shama qilgandek edilar. Taajjubki, jamoaning mas’ul vakillari e’tirozlarni javobsiz qoldirmadilar: «tushundik, qabul qildik, tan olamiz, to‘g‘rilaymiz». Va chindan ham, va’dani bajarishdi - bayramga munosib sovg‘a tayyorlandi!

Yangi futbolka - har qanday kolleksioner uchun noyob topilma. Futbolkaning old tarafida bog‘ichli yoqa, 100 yillik yubiley emblemasi, Otaturk siymosi eng g‘ayritabiiyi, klubning 120 yillik tarixidagi 3 xil ramzlari.

Libosning orqa tarafidagi ramkada uning asoschilari nomma-nom qayd etilgan. Kasbdoshlarimizdan biri qo‘lga kiritish juda qiyin bo‘lgan ana shu futbolka sohibi bo‘lgan.

Kichikroq klublar ham urinib ko‘rishdi

Boshqa jamoalardan farq­li ravishda, «Ankaragyujyu» klubi o‘yin arafasida kiyiladigan va o‘zi biror marta ham foydalanmagan libosni maxsus dizayndagi futbolka sifatida taqdim etdi. Lekin shunga qaramasdan, libos o‘ta xushbichim va zamonaviy edi!

«Antalyaspor» mutaxassislari ham dizayn bobida o‘ziga xos uslubni qo‘lladilar. Ularning variantlarida Otaturk siymosi uning zamonaviy turk saltanati haqidagi sitatalari fonida aks ettirilgan.

Turkiya bayrog‘idagi qizil hamda oq ranglar bilan uy­g‘unlashgan zarhal emblema so‘nggi 113 yil ichidagi chinakam san’at durdonasi darajasiga ko‘tarilgandi. Mazkur ijodiy yondashuv 2011|12 yillar mavsumida «Real», 2012|13 yillar mavsumida esa «Suonsi» jamoalari shunga o‘xshash bashang liboslarda to‘p surishganini eslatdi.

Birinchi divizion tashqarisida qanday o‘zgarishlar?

Superligadan boshqa barcha ligalardagi jamoalar o‘z muxlislarini yangi futbolkalar bilan xursand qila olmadilar. Bunga byudjetdagi cheklov imkon bermagan bo‘lishi mumkin. Lekin ayrim klublar, jumladan, 2-diviziondagi «Genchlerbirligi» klubi bundan mustasnolar.

Bu jamoa ijodkorlari Otaturk portretini tasvirlashda odatiy uslubdan voz kechib, grafika san’atidan foydalanishni afzal ko‘rishdi: respublika rahbari ot mingan holda postamentdan joy olgandi.

4-divizion klubi  barchani lol  qoldirdi

Nihoyat, navbat hikoyamizning bosh qahramoniga keldi - 4-divizionda to‘p suradigan «Karshiyaka» jamoasi yaqqol favorit sifatida e’tirof etildi. Bu jamoa o‘z maydonida kiyadigan liboslar bilan cheklanib qolmay, safar uchrashuvlarga mo‘ljallangan futbolkalarni ham yangiladi. Ular bir,biriga umuman, o‘xshamaydi. Uy futbolkalarida Otaturk surati va uning rahbarligidagi mamlakatning muvaffaqiyatlari, safar liboslarida esa sitatalari o‘rin olgan. Tabiiyki, ularning barchasi qisqa vaqt ichida muxlislar mulkiga aylandi.

Katta klublarning beparvo va  dangasaliklari

«Trabzonspor» va Superliganing boshqa ayrim jamoalari (masalan, «Adana Demirspor» va «Qosimposho») yubileyda ishtirok etishni istamadilar: maxsus dizayndagi liboslar tugul, hatto mavjud futbolkalarga zig‘irdakkina 100 yillik yubiley nishonini joylashmadi. Vaholanki, ijtimoiy tarmoqlar muxlislar tomonidan yaratilgan qiziqarli g‘oyalarga to‘lib ketgandi.

Qolaversa, elitadan 3 pog‘ona pastdagi ligada o‘ynaydigan «Karshiyaka» uddalagan ishni turk futbolining yetakchi kvartetidagi jamoa qila olmaganini faqat dangasalik bilan izohlash mumkin.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:36, 15.05.2024.
O'qildi: 570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.