Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

"Nyukasl" to‘purar hujumchisini "Arsenal"ga qo‘yib yubormaydi

"Nyukasl" to‘purar hujumchisini "Arsenal"ga qo‘yib yubormaydi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" bu yozda Aleksandr Isakni sotmaydi.

"Nyukasl" manbalarining The Telegraph nashriga aytishicha, klub hujumchini 90 million funt sterlingga sotishga tayyor ekani haqidagi OAV xabarlarini "masxara qilgan".

"Qarg‘alar"ning ta’kidlashicha, potensial xaridorlar klubga taklif bo‘yicha muzokaralar olib borishga rozi bo‘lishlari uchun kamida ikki baravar pul taklif qilishlari kerak.

Shvesiyalik futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan va tomonlar hozirdanoq shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda. "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau Isak atrofida hujumkor o‘yin qurmoqchi va u klubning uzoq muddatli rejalarining bir qismi.

Shu tariqa, 24 yoshli hujumchiga qiziqish bildirayotgan "Arsenal" bu yil uni o‘z safiga qo‘shib ololmaydi.

O‘tgan mavsumda Aleksandr Premyer-ligada 30 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan.

Kiritildi: 04:38, 24.05.2024.
O'qildi: 901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик