Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Nyukasl" yarim himoyachisi APL grandi safiga borib qo‘shilishi mumkin

"Nyukasl" yarim himoyachisi APL grandi safiga borib qo‘shilishi mumkin

Baho:
+ | -

"Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraynsh yozgi transfer oynasida kuchliroq klubga o‘tishi mumkin.

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, ayni damda bu transfer uchun "Manchester Siti" favorit hisoblanmoqda.

Gimaraynshning shartnomasida tovon puli taxminan 115 million yevroni tashkil qiladi. Futbolchi Chempionlar ligasida o‘ynashni istaydi va Pep Gvardiola jamoasiga o‘tishga mamnuniyat bilan rozi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Bruno xizmatlariga Londonning “Arsenal” klubi ham qiziqish bildirmoqda, ammo “kanonirlar” braziliyalikning transferi uchun katta mablag‘ sarflamoqchi emas. Qayd etilishicha, «Manchester Siti» Gimaraynsh atrofidagilar bilan allaqachon aloqaga chiqqan.

Kiritildi: 15:57, 04.06.2024.
O'qildi: 1079 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик