Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» «Barselona»ga Kanseluning narxini aytdi

«Manchester Siti» «Barselona»ga Kanseluning narxini aytdi

Baho:
+ | -

Himoyachi Joau Kanseluning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda portugaliyalik futbolchi «Barselona»da ijara asosida o‘ynadi. Bu vaqt ichida portugaliyalik Kataloniya klubida o‘ynashni davom ettirish istagi haqida bir necha bor gapirgan.

"Spanish Sport" xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» allaqachon «Barselona»ga klub Kanseluni 40 million yevroga sotishga tayyorligini ma’lum qilgan. Kataloniyaliklar uchun bu narx moliyaviy qiyinchiliklarni hisobga olgan holda muammo hisoblanadi. Balki "ko‘k-anorranglilar" sotib olish imkoniyati bilan Kanseluni ijaraga olishga harakat qilishlari mumkin.

30 yoshli Kanseluni «Bavariya», «Arsenal», «Chelsi» va Saudiya Arabistoni klublari ham kuzatib borishmoqda.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 21:04, 04.06.2024.
O'qildi: 5418 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.