Madridning “Real” klubi Nacho Fernandesga shartnomani uzaytirishni taklif qildi.
Marca xabariga ko‘ra, himoyachiga madridliklardan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish taklifi kelib tushgan.
Nacho bu taklifga 30 iyungacha javob berishi kerak - shu kuni uning amaldagi shartnomasi tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, Nacho "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2011 yilda Joze Mourinyo qo‘l ostida La Ligada asosiy jamoa safida debyut qilgan.