"Barselona" rahbariyati joriy mavsumda "Manchester Siti"dan ijara asosida jamoada harakat qilgan Joau Kanseluni o‘z safida olib qolmoqchi.
Football Espana xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 30 yoshli futbolchi borasida "Manchester Siti" bilan muzokaralarga kirishgan. U doimiy transfer asosida jamoada qoladimi yoki ijara, bu hali ma’lum emas.
Kanselu La Liga o‘tgan mavsumida 32 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 4 ta assist amalga oshirdi.