Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti "Skuadra Adzurra" darvozaboni Janluiji Donnarummaning Fransiyaning "PSJ" klubini tark etishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi.
"Donnarumma? Agar u "PSJ"ni tark etsa, menimcha, u yanada kuchliroq jamoaga o‘tadi. Keyin u juda yaxshi bo‘lishi kerak. Italiyada Vikario va Meret kabi kuchli darvozabonlarimiz juda ko‘p", - deya Spaletti so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Italiya terma jamoasining 2024 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati uchun qaydnomasiga uchta darvozabon – Janluiji Donnarumma (“PSJ”), Aleks Meret (“Napoli”) va Vikario (“Tottenxem”) kiritilgan.