Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabregas: "Ronaldu avvalgi yillardan ham yaxshiroq o‘ynamoqda

Fabregas: "Ronaldu avvalgi yillardan ham yaxshiroq o‘ynamoqda

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionatidagi yurishini Chexiya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi. Uchrashuvdagi voqealar, shuningdek, Krishtianu Ronalduning o‘yinlari haqida Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Sesk Fabregas fikr bildirdi.

- Nima deyish mumkin, Ronalduning o‘yini yaxshi bo‘lsa, butun jamoaning o‘yini ham shunday. U har doim imkoniyat topadi. Unga bir daqiqa kerak. Menimcha, Ronaldu avvalgi yillardagidan ham yaxshiroq o‘ynayapti. "U noyob", - deya Fabregasning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Yevropa chempionati guruh bosqichining navbatdagi turida Portugaliya terma jamoasi Turkiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 05:39, 19.06.2024.
O'qildi: 1881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик