Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

SSKA posboni "Atletiko"ga o‘tishi mumkin

SSKA posboni "Atletiko"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Moskvaning SSKA klubi darvozaboni Ilya Pomazun Madridning “Atletiko” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Tibo Veziryan xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "matraschilar" 27 yoshli futbolchini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvni yakunlash arafasida. Ta’kidlanishicha, "Atletiko" Pomazunni Yan Oblak o‘rniga ikkinchi darvozabon sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Pomazun so‘nggi to‘rt mavsumni “Ural”da ijara asosida o‘tkazdi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda qatnashib, 50 ta gol o‘tkazib yubordi va 8 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.

Pomazunning SSKA bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini ikki million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:21, 20.06.2024.
O'qildi: 2113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик