Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Per Mertezaker jamoaning Yevropa chempionati 1/8 finalida Daniya ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng fikr bildirdi.
“Biz bugun o‘yin davomida mag‘lub bo‘lishimiz mumkin deb o‘ylagan paytim ham bor edi. Lekin o‘yinni o‘z foydamizga og‘dirdik. Biz o‘z kuchimizga, zaxiramizga ishongandik. Turnirdagi yo‘limiz hali yakunlanmaganidan juda xursandman", - deya Mertezakerning so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.