Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

«Neftchi» va «Paxtakor» jamoalari ishtirokidagi so‘nggi 5 uchrashuvda 23 sariq, 2 qizil kartochka ko‘rsatilgan

«Neftchi» va «Paxtakor» jamoalari ishtirokidagi so‘nggi 5 uchrashuvda 23 sariq, 2 qizil kartochka ko‘rsatilgan

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Superligasi 5-turidan qoldirilgan o‘yin doirasida «Neftchi» «Paxtakor» bilan kuch sinashadi. Mazkur to‘qnashuv oldidan O‘zFHM matbuot xizmati Superliga doirasida o‘tkazilgan klublar ishtirokidagi oxirgi 5 bellashuvda kimlar bosh hakamlik qilganini eslashga qaror qildi.

12.06.2018. «Neftchi» 1:1 «Paxtakor» / Bosh hakam: Valentin Kovalenko (bitta sariq kartochka ko‘rsatgan).

10.03.2022. «Paxtakor» 1:0 «Neftchi» / Bosh hakam: Rustam Lutfullin (mehmonlar vakili A. Ismoilovni maydondan chetlatgan, 8 ta sariq kartochka ko‘rsatgan).

12.08.2022. «Neftchi» 0:2 «Paxtakor» / Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (4 ta sariq kartochka ko‘rsatgan, mezbonlar foydasiga bitta penalti belgilagan. Shuningdek, maydon egalari a’zosi S. Abdullajonovni maydondan chetlatgan).

10.03.2023. «Neftchi» 2:1 «Paxtakor» / Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (5 ta kartochka ko‘rsatgan, farg‘onaliklar foydasiga bitta penalti belgilagan).

05.08.2023. «Paxtakor» 0:1 «Neftchi» / Bosh hakam: Firdavs Norsafarov  (5 ta sariq kartochka ko‘rsatgan).

Eslatib o‘tamiz, bugun bu klublar o‘rtasidagi to‘qnashuvni Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 10:53, 01.07.2024.
O'qildi: 1256 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик