Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Inyestaning vorisi

Inyestaning vorisi

Baho:
+ | -

2018 yilda xorijlik kasbdoshlarimizdan biri «Inyesta - bu futbol. Bunaqa o‘yinchi yo‘q» sarlavhasi ostida ulkan maqola tayyorlagandi.

Andresni boshqa o‘yinchilarga taqqoslaganda, shubhasiz, maqtaysiz, undagi o‘ta noyob afsungarlik xislatini tan olasiz. Bu juda kamdan-kam uchraydigan jodu, uning jamoadoshlariga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’siri esa g‘ayritabiiy. Inyestaning o‘ziga xos uslubi jamoadoshlarining yumushlarini yengillatishga qaratilgan. Andresning to‘p bilan muomala qilishi tasvirlangan fotosuratlar butun bir saytni egallagan. Ularda futbolchi 5-7 nafar raqiblariga qarshi to‘p surgan.

Futbolchining bolalikdagi ustozi unga aniq va to‘liq ta’rif bergandi: «Andres imkon qadar ko‘proq raqib o‘yinchilarini o‘ziga jalb etish maqsadida to‘pni uzoq ushlab turadi. Ular to‘pni olib qo‘ya olmasliklariga ishongan holda, sheriklari uchun bo‘shliq yaratadi. Bir paytlar u shunday degandi: «Agar 5-6 nafar raqibni o‘zimga jalb etsam, jamoadoshlarim erkin va samarali o‘ynaydilar».

Musiala bu suratlarni tez-tez ko‘rib turardi. Ikki yil avval Jamol bolaligidan Inyesta, Xavi va Messining «Barselona»si muxlisi bo‘lgan va barcha uchrashuvlarni kuzatib yurganligini tan olgandi.

«Bavariya» yarim himoyachisi cheklangan bo‘shliqda to‘pni olib yurish mahoratini san’at darajasiga ko‘tardi. Uch nafar raqib qurshovidan chiqib ketish Jamol uchun muammo emas. Ularni o‘ziga jalb etishidan tashqari, yana bir nechta raqiblarini mo‘ljaldan adashtiradi. Natijada Inyestaga xos vaziyatlar vujudga keladi. Ahamiyatlisi, bunaqa vaziyatlar barcha bellashuvlarda yuz beradi, u deyarli hech qachon to‘pni yo‘qotmaydi. To‘pni saqlab qolishning asosiy sababchisi - Inyestaning fintlari. «Bilishimcha, uni «kroketa» deb atashadi, FIFAda shunday yozilgan. Men fintlardan chiroyli o‘yin uchun foydalanmayman, ularni qurol sifatida ishlataman. «Kroketa» juda samarali aldamchi harakat. Boz ustiga, uning qaltis jihati yo‘q», - deydi Jamol.

Tomas Tuxel Musialaning asosiy ustun jihatiga zo‘r ta’rif bergandi: «U dribling va uzatmali o‘yinda aql bovar qilmaydigan muvozanatni o‘rnatgan. Boshqacha aytganda, doimo benuqson qarorlarni qabul qiladi».

Xosep Gvardiola esa bu masalada quyidagicha fikrda: «Avvalo, Inyestaga rahmat aytish kerak. Chunki u menga katta yordam berdi. Kishilar fikricha, murabbiy o‘yinchilarga saboq beradilar. Biroq kamdan,kam hollarda, futbolchilar murabbiylarga o‘yinni to‘liq anglashda ko‘mak beradilar. U menga yordam berdi. Shunchaki, uning o‘yinlarini kuzata turib, futbolni yaxshiroq tushuna boshladim».

Darhaqiqat, iqtidor darajasi va ko‘nikmalari nuqtai-nazaridan olganda, Musiala - daho. Biroq endi Jamoldan ana shu fazilatlarini genial mavsumlarda namoyish etish talab etiladi.

Nagelsmanning terma jamoasida Musiala himoya jarayonida o‘ng qanot vingeri, hujumda esa 3 nafar erkin o‘nlikdan biri vazifalarini ado etmoqda. Bu esa uning ijobiy fazilatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatini bermoqda. Masalan, uning raqib tayanch hududida bir nechta futbolchini o‘ziga jalb etishi muhim ahamiyatga ega. Jamoadoshlari uchun yuzaga kelgan bo‘sh hududlar esa, tezkor qarshi hujumlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Bularning barchasi bizni yakuniy xulosaga olib keladi. Inyestadagi buyuklikni tasdiqlovchi asosiy belgi - terma jamoadagi yirik musobaqalar. U ayniqsa Yevropa chempionatlarida o‘ta yorqin o‘yinlarni namoyish etdi. Andres - turnirning eng yaxshi futbolchisi unvoni bo‘yicha Yevrolar rekordchisi (6). U o‘z ishtirokidagi birorta turnirni sovrinsiz tark etmagan. Yevropa chempionatlari tarixida Inyesta faqat afsonaviy Mishel Platinidan ortda qolgan holda, 2-pog‘onada bormoqda.

Jamol Musialaning Germaniya terma jamoasidagi roli aynan Inyestani eslatadi. 2008 yilda «Qizil Furiya» shunga o‘xshash uslubda to‘p surgandi. Oldingi chiziqni Sennaga topshirilgan, 3 nafar erkin ijodkorlar (Xavi, Silva, Inyesta) esa o‘ziga xos romb ko‘rinishida joylashib, rollarni to‘xtovsiz tarzda almashib turishgandi. Vilya - Torres duetiga Fabregas qo‘shilganida, Bundestimdagi o‘nlik triosiga o‘xshash sxema yuzaga kelgandi: Bu yerda gap muayyan hududdagi ijrochilar mexanizmi haqida bormoqda. Bir paytlar Andres Inyesta porloq nur sochgandi, endi Jamol Musiala foydasiga xizmat qilmoqda. Boshqa musobaqalarda jamoalardagi o‘xshashlik yaqqol bo‘lmasligi mumkin. Biroq Andres start­da nomiga qanotga tushib, asosiy vaqtini o‘nlik hududida o‘tkazgan bo‘lsa, hozir Jamol shunday harakat qilmoqda.

Shu ketishda, mahorati tobora oshib borayotgan Musia­la uzoqqa borishiga aslo shubha yo‘q. U ajoyib uslubda bo‘shliqlar yaratmoqda, ijodkorlik uchun o‘ta muhim bo‘lgan pallada benuqson yechimlarni topmoqda. Uning yonida esa, yaratilgan erkinlik va imkoniyatlardan foydalanishga shay turgan top maqomidagi jamoa­doshlari to‘p surishmoqda.

Hozirda Musiala Yevrodagi eng yaxshi futbolchi, Inyestaning munosib vorisi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:32, 09.07.2024.
O'qildi: 1563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.