Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul terma jamoaning yulduz hujumchisi va sardori Lionel Messi fransiyalik futbolchilarga qaratilgan haqoratomuz qo‘shiqqa qarshi ekanini aytdi.
"Finaldan so‘ng Leo kiyinish xonasiga kirib: "Hech kim hech kimning ustidan kulmaydi, keling, muvaffaqiyatimizni nishonlaymiz va zavqlanamiz", - deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltiradi yarim himoyachi.