Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Nega Olimpiadada 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘ynaydi?

Nega Olimpiadada 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘ynaydi?

Baho:
+1 | -

FIFA Olimpiya o‘yinlarini qanday cheklashi haqida.

Bir vaqtlar, ya’ni yuz yillar oldin, hali Jahon chempionati raqobatlasha oladigan darajada bo‘lmagan paytlarda, Olimpiya o‘yinlari futbolning eng yuqori cho‘qqisi edi. 1920-yillarda FIFA Olimpiya o‘yinlarini jahon chempionati sifatida tan oldi, biroq Olimpiadada faqat havaskorlar o‘ynashi mumkin edi, bu esa FIFA ga yoqmaydi va bu masalalari vaziyatni murakkablashtirdi.

O‘sha paytda futbol sekin-asta professionallashayotgan edi. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi esa barcha ishtirokchilar havaskor bo‘lishi kerak degan g‘oyada turib oldi. Shunda FIFA nazoratni qo‘lga olib, barcha uchun ochiq Jahon chempionatini yo‘lga qo‘ydi va bu daraja jihatida darhol Olimpiya turnirini ortda qoldirdi.

Shunday qilib, FIFA va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) o‘rtasida bir qancha tortishuvlar boshlandi va ular Olimpiya futbolini shakllantirdi. Birinchi qator kelishmovchiliklar o‘rtasida futbol 1932-yilda Olimpiya dasturidan tushib qoldi. U 1936-yilda qaytib keldi va Ikkinchi Jahon urushida keyin ham qoldi, biroq qat’iy havaskor bo‘lib qoldi. Shunday qilib, ikkinchi darajali musobaqaga aylandi.

1980-yillar va 1990-yillarda XOQ havaskorlik qoidalarini bekor qildi. Lekin o‘sha vaqtga kelib, FIFA savdo tashkilotiga aylanib ulgurgan edi va to‘liq professional Olimpiya futbol turniri erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati obro‘si va daromadiga tahdid solishi mumkinligini tan oldi.

Axiri, bir qator murosalarga erishildi. Birinchi murosa: 1980-yillarda Yevropa va Janubiy Amerikadan tashqaridagi mamlakatlar barcha professional futbolchilarni jalb qilishi mumkin edi, lekin har qanday yevropalik yoki janubiy amerikalik Jahon chempionatida o‘ynagan bo‘lsa, u holda u ishtirok eta olmas edi.

1992-yilda bu notekis cheklovlar o‘rniga 23 yoshgacha bo‘lganlar qoidasi kiritildi. 1996-yilda esa uchta kattaroq yoshdagi futbolchilar qo‘shildi. Bu cheklovlar o‘sha vaqtdan beri o‘z kuchida qolmoqda.

Ammo bu FIFA nazoratining yakuni emas. FIFA yirik turnirlar, masalan Yevropa chempionati va Amerika Kubogi kabi qit’a chempionatlarini aynan Olimpiada atrofida bo‘lishini ma’qul ko‘radi. Olimpiya o‘yinlari esa FIFA taqvimida yo‘q bu esa yoshi katta o‘yinchilar o‘ynamasligini boshqa tomondan ham ta’minlaydi.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 06:32, 20.07.2024.
O'qildi: 3966 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.