"Real" hujumchisi Endrik psixolog yordamiga muhtoj emasligini aytdi.
Braziliyalik futbolchi yakshanba kuni 18 yoshini nishonlaganidan so‘ng rasman "Los-Blankos" futbolchisiga aylandi. U "Palmeyras"dan jamoaga ko‘chib o‘tdi.
"Psixolog? Mening psixologim - Xudo, men boshqa hech kimga sirlarimni aytib berishim shart emas. Ota-onam va o‘zimni ham tanimaydigan odamga dardimni to‘kishning hojati yo‘q", - deya yosh forvardning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.