Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Parijda sportchilarga oziq-ovqat yetkazib berishda muammolar ko‘zga tashlanmoqda

Parijda sportchilarga oziq-ovqat yetkazib berishda muammolar ko‘zga tashlanmoqda

Baho:
+ | -

Sportchilar Parijdagi Olimpiya shaharchasining asosiy restoranida oziq-ovqatning yetarli emasligi va ba’zi mahsulotlarni qayta yetkazish tezligi pastligi haqida shikoyat qilishdi.

Misol uchun, 24-iyul, chorshanba kuni nonushta uchun tuxum yetishmadi. Ovqatlanish uchun mas’ul bo‘lgan kompaniya, sportchilarning fikr-mulohazalariga juda jiddiy munosabatda bo‘lishini va yetkazib berish ustida faol ishlayotganini aytdi.

Ta’kidlanishicha, tuxum va go‘sht kabi ba’zi mahsulotlarning yetkazib berish hajmi oshirildi.

O‘yinlar vaqtida 600 tonna miqdorgacha oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishga mas’ul bo‘lgan Carrefour kompaniyasi bu boradagi sifatni qayta ko‘rib chiqishini aytdi.

Kiritildi: 14:07, 25.07.2024.
O'qildi: 585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик