Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko - Bryugge
25/02 01:00 Inter - Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer - Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl - Qorabog‘

"Real"ning sobiq futbolchisi: "Klub Lyaportga e’tibor qaratish kerak"

"Real"ning sobiq futbolchisi: "Klub Lyaportga e’tibor qaratish kerak"

Baho:
+ | -

Luis Migel Ramisning fikricha, "Real Madrid" Eymerik Lyaportga e’tibor qaratishi kerak.

"Lyaport haqida muzokaralar bo‘ldi va menimcha, uning transferi yaxshi harakat bo‘lardi. U bor-yo‘g‘i 30 yoshda, u Yevro-2024ni ajoyib o‘tkazdi va "Real"da u bilan to‘rtta ajoyib markaziy himoyachi bo‘lardi, ikkitasi o‘ngda, ikkitasi chapda.

Moliyaviy nuqtai nazardan bunday operasiyani amalga oshirish mumkinmi yoki yo‘qligini bilmayman, lekin u kafolat beruvchi tayyor futbolchi.

Hattoki, Alaba qaytishidan oldin "Real"ga yana ikkita markaziy himoyachi kerak, deb aytgan bo‘lardim. Jarohatlar va diskvalifikasiyalar mumkinligini hisobga olish kerak. Ulardan biri yuqori saviyali bo‘lishi kerak, ikkinchisi yoshlar akademiyasining yigiti bo‘lishi mumkin - ishonchim komilki, u yerda juda yaxshi o‘yinchilar bor.

Tchuameni Kroos ketganidan so‘ng yarim himoyada muhimroq rolga ega bo‘ladi, menimcha, uni boshqa pozisiyada muntazam ishlatib bo‘lmaydi, chunki bu uning joyi emas, u yerda o‘ynashni yoqtirmaydi, nemis ketganidan keyin bu bo‘ladi. Aureliyenni yarim himoyada qo‘llash muhimroq", - dedi "Real Madrid" sobiq himoyachisi.

Kiritildi: 03:21, 01.08.2024.
O'qildi: 1049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.